Janubiy koreyalik siyosatchi, Koreya Respublikasi Prezidenti (2013-2017); Prezident Pak Chung Xining qizi From Wikipedia, the free encyclopedia
Pak Kin Xe (kor. 박근혜?, 朴槿惠?, 2-fevral 1952-yil, Tegu) – Koreya Respublikasining 11-prezidenti (2013—2016). Mamlakat tarixidagi birinchi ayol prezident[1][2][3].
Park Geun-hye talaffuzi: Pak Kin Xe | |
---|---|
koreyscha: 박근혜 朴槿惠 | |
11-Koreya Respublikasi Prezidenti | |
Mansab davri 2013-yil 25-fevraldan – 2017-yil 10-martgacha | |
Hukumat boshligʻi |
Chong Hong-won Lee Wan-goo Hwang Kyo-ahn |
Oʻtmishdoshi | Lee Myung-bak |
Vorisi |
Moon Jae-in Hwang Kyo-ahn (v.b.) |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
2-fevral 1952-yil Tegu |
Dini | ateist |
Mukofotlari |
1952-yil 2-fevralda Teguda tugʻilgan. 1974-yilda Songang universitetini tugatgan[4]. 1981-yilda diniy seminariyada oʻqigan va nasroniylikni oʻrgangan[5]. 1998-yilda parlament deputatligiga saylandi. 2004-2006-yillarda „Buyuk davlat partiyasi“ni boshqargan[6][7]. 2007-yilgi prezidentlik saylovlarida magʻlubiyatga uchradi. 2011-yilda „Buyuk davlat partiyasi“ nomi „Yangi marralar partiyasi“ deb oʻzgratirildi. 2012-yildagi parlament saylovida partiya gʻolib boʻldi[8][9]. 2012-yil 19-dekabrdagi prezidentlik saylovida 51,55% ovoz bilan gʻalaba qozondi[10].
2016-yil oktyabrda prezident davlat boshqaruviga aloqador oʻta muhim masalalarni davlat organlari va mansabdorlar bilan emas, balki yaqin doʻstlari, jumladan folbinlar, shomonlar va aqidaparastlarning gapiga kirib hal qilayotgani maʼlum boʻlgan[11]. Shunday shubxali shaxslardan biri – uning dugonasi Choi Soon-sil boʻlib, uning komyuteridan davlatning iqtisodiy-siyosiy faoliyatiga aloqador maxfiy hujjatlar topilgan[12]. Park Geun-hye va uning yaqin doʻstlari ommaviy noroziliklarning asosiy sababchisiga aylandi[13][14]. 29-noyabr 2016-yilda deputatlar uni daxlsizlik huquqidan mahrum qilib, javobgarlikka tortishni taklif qilishdi[15]. 9-dekabr 2016-yil parlament qarori bilan impichment eʼlon qilindi va 30-mart 2017-yilda hibsga olingan[16][17]. 23-may kuni sud majlisida Park oʻziga qoʻyilgan 14 ayblovning hammasini rad etdi[18]. Yakuniy sud qarori bilan Park 170 million dollar jarimaga tortildi va 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Keyinchalik, ishni qayta koʻrib chiqish jarayonida muddat 25 yilga va jarima miqdori 20 milliard vongacha oshirildi. 2021-yil yanvarida mamlakat Oliy sudi 2020-yil yozida ishni koʻrib chiqish chogʻida chiqarilgan 20 yillik qamoq jazosini oʻz kuchida qoldirdi. 2021-yil dekabrida Janubiy Koreya prezidenti Moon Jae-in uni afv etdi[19].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.