From Wikipedia, the free encyclopedia
Papa John's International, Inc. (Papa Johns[4][5]) Amerikaning pitseriyalar tarmogʻi. Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi restoran tarmoqlari orasida pitsa yetkazib berish xizmati boʻyicha 4-oʻrinda turadi[6]. Tarmoq bosh offisi Louisville (Kentukki) va Atlanta (Jeorjiya) shaharlarida joylashgan.
Turi | Ochiq aksiyadorlik jamiyati |
---|---|
Tarmogʻi | Restoran |
Qachon asos solingan | 2-oktyabr, 1984-yil |
Joylashuvi |
Jeffersontown Kentukki, AQSh Cumberland Jorjiya, AQSh |
Asoschi(lari) | John Schnatter |
Rahbariyat |
Robert M. Lynch (President & CEO) Max Wetzel[1] (CMO) Jim Norberg[2] (COO) |
Mahsulot(lar)i | Pitsa, tovuq qanotchalari, desert |
Aylanma daromadi | 1.81 milliard AQSh dollari (FY 2020-yil 29-dekabr)[3] |
Operatsion foydasi | 90.253 million AQSh dollari (FY 29-dekabr, 2020)[3] |
Boyligi | 872.770 million AQSh dollari (FY 29-dekabr, 2020)[3] |
Ishchilar soni | ~16,700 (FY 29-dekabr, 2020)[3] |
Vebsayti | papajohns.com |
Papa John's dunyo boʻylab 49ta davlatda 5,500dan ortiq filialga ega. Kompaniya pitseriya tarmoqlari orasida dunyodagi 3-eng yirik pitsa yetkazib beruvchi tarmoq hisoblanadi[7].
Papa John's restorani 1984-yilda „Papa“ John Shnatter otasining Jeffersonville (Indiana)dagi xonadoni orqasidagi tomorqasiga pech oʻrnatganida tashkil etilgan[8]. U o'zining Chevrolet Camaro mashinasini 1,600 AQSh dollari turadigan pitsa uskunasini sotib olish uchun sotdi va mijozlariga uyida pitsa sotishni boshlagan[9]. Uning pitsalari juda mashhur boʻlib, bir yildan soʻng u qoʻshni joyga koʻchib oʻtdi. Pitsa uchun maxsus sous oʻsha yili Papa John's Pizza tomonidan oʻylab topilgan va bu sous isteʼmolchilarni pitsaning chetini ham yeyishlariga sabab boʻlgani uchun tarmoqqa mashhurlik keltirdi[10]. Kompaniya 1993-yilda doʻkonlar ocha boshladi. Bir yildan soʻng u 500 ta doʻkonga ega boʻldi, 1997-yilga kelib esa doʻkonlar soni 1500ga yetdi[11]. 2009-yilda Schnatter mashina uchun 250 ming dollar mukofot taklif qilib, sotib yuborgan Camarosini qaytarib sotib oldi[12]
2018-yil 1-yanvarda kompaniya prezidenti Schnatterdan Steve Ritchiega oʻzgardi. Schnatter bosh direktori lavozimida ish boshladi[13]. 2018-yil fevral oyida Papa John's va NFL homiylik shartnomasini tugashiga Shnatterning NFLni tanqid qilgani haqidagi xababrlar keng tarqalgani sabab boʻldi[14].
2019-yil 4-fevralda, koʻplab muammolarga ega boʻlgan Olive Garden restoranlar tarmogʻini rivojlantirishda katta rol oʻynagan Starboard Value fondi Papa John's Pizzaga 200 million dollar sarmoya kiritishi va keyinchalik, 2019-yil 29-martgacha yana 50 million dollar qoʻshimcha sarmoya kiritishi mumkinligi e’lon qildi[15]. Bir vaqtning oʻzida Starboard Value bosh direktori Jeff Smith Papa John'sning yangi raisi boʻlishi va Pinnacle Entertainment o'yin kompaniyasining sobiq bosh direktori Entoni Sanfilippo kompaniya boshqaruv kengashi aʼzosiga aylanishi eʼlon qilindi[16]. Ushbu eʼlondan soʻng, Ritchie kelishuv Schnatter bilan davom etayotgan janjalga chek qoʻyishiga umid qilayotganini bildirib, CNBC muxbiri David Faberga: „Shubhasiz, biz kompaniya rivojiga hissa qoʻsha olamiz deb umid qilamiz“ deya intervyu berdi"[17]. Biroq, Schnatter Ritchie Papa John's uchun mos boshqaruvchi emasligidan xavotir bildirdi[18].
2019-yil 5-martda Papa John's Schnatter bilan kelishuvga erishganini eʼlon qildi, unga koʻra u kompaniyaning 30-apreldagi yillik yigʻilishida yoki uning oʻrniga oʻzaro maqbul mustaqil direktor tayinlanganda, qaysi biri birinchi sodir boʻlishidan qatʼiy nazar, kompaniya direktorlar kengashidan isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi[19].
2019-yil mart oyida NBAning mashhur basketbol oʻyinchisi, Shaquille O'Neal Papa John'sning direktorlar kengashiga qo‘shilishi va brand yuziga aylanishi shov-shuvlarga sabab boʻldi[20][21]. Keyingi yili Papa John's O'Nealga bagʻishlangan Shaq-a-Roni pitsasini taqdim etdi.
Ushbu oʻzgarishlar sababli 2019-yil may oyida Schnatter kompaniyadagi aktsiyalarini 9,8 milliondan boshlab sota boshladi[22]. Keyingi yil davomida u oʻz aktsiyalarini atigi 4 foizgacha qisqartirdi[23].
2019-yil 27-avgustda Papa Jon’s Arby’s prezidenti Robert Lynch 2018-yilda kompaniya asoschi Schnatter tomonidan ishga olingan Stiv Ritchining oʻrniga yangi bosh direktor boʻlishini e’lon qildi[24].
2020-yil sentyabr oyida Papa John's Atlanta poytaxti hududida yangi shtab-kvartira olish rejasini ommaga ochiqladi. Noyabr oyida kompaniya The Battery Atlantadagi Three Ballpark Centerdan yangi global shtab-kvartira olganini eʼlon qildi[25][26]. Kentukki shtatining Jeffersontaun shahrida joylashgan sobiq shtab-kvartirada Luisvilning birlashgan hukumati tarkibidagi jamoa saqlanib qoldi va unda IT, taʼminot zanjiri va yuridik boʻlimlariga topshirildi[27][28][29][30][31].
2021 yil noyabr oyida Papa John's logotipi (apostrofni olib tashlash va dizaynni soddalashtirish orqali) va doʻkonlar manzilini oʻzgartirishni oʻz ichiga olgan rebrending qilish rejasi haqida xabar berdi[32].
2022-yil mart oyida Papa John's 2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi munosabati bilan Rossiyadagi faoliyatini toʻxtatdi, biroq mustaqil biznes egalari egalik qiladigan filiallar ochiqligicha qoldi[33].
Papa John's buyurtmalarining asosiy qismini, garchi koʻp restoranlarida oʻsha yerni oʻzida yeyish uchun sharoitlari boʻlsada, yetkazib berish va restoranlardan olib ketish tashkil qiladi.
Hozirda Toshkent (Oʻzbekiston)ning bir nechta hududlarida Papa John's restoranlari ish boshlagan[34].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.