Pantene
From Wikipedia, the free encyclopedia
Pantene — Procter & Gamble kompaniyasiga tegishli Amerika sochni parvarish qilish brendi. Mahsulot liniyasi Evropaga birinchi marta 1945- yilda Shveytsariyaning Hoffmann-La Roche kompaniyasi tomonidan kiritilgan boʻlib, shampunlar ishlab chiqarishda pantenoldan foydalangan.
Qisqa faktlar Turi, Egasi ...
![]() | |
Turi | biznes va brend |
---|---|
Egasi | Procter & Gamble |
Qachon asos solingan | 1945-yil |
Joylashuvi | AQSH |
Mahsulot(lar)i | soch mahsuloti |
Yopish
Brendning eng mashhur mahsuloti 2-v-1 shampun va Pantene Pro-V (Pantene Pro-Vitamin) formulasi boʻldi. Ushbu mahsulot 1989-yilda model quyidagi soʻzlarni aytgan reklama tufayli mashhur boʻlgan edi: „Mendan nafratlanmang, chunki men goʻzalman“[1] Kelli LeBrok va Iman ushbu brendning birinchi vakillari sifatida shuhrat qozonishdi.[2] Bu shior feministlar tomonidan tanqid qilinib, pop madaniyatida o‘ziga xos iboraga aylangan.[3]