![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/94/Emblem_of_the_Uzbek_SSR.svg/languz-640px-Emblem_of_the_Uzbek_SSR.svg.png&w=640&q=50)
Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi
Oʻzbekiston SSRdagi siyosiy partiya / From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistlik Respublikasi Kommunistik Partiyasi (OʻzSSR KP, Oʻzbekiston Kompartiyasi) – kommunistik partiya, Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasining (KPSS) Oʻzbekiston SSR hududidagi boʻlimi. 1925-yil 13-maydan 1991-yil 3-sentyabrgacha respublikada hukmron va yagona qonuniy partiya boʻlgan[1]. 1991-yil 14-sentyabrda partiya KPSS safidan chiqqan[2].
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistlik Respublikasi Kommunistik Partiyasi | |
---|---|
![]() | |
Qisqartma |
Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi OʻzSSR KP Oʻzbekiston Kompartiyasi |
Tashkil etilgan | 12-fevral, 1925-yil(1925-02-12) |
Tugatilgan sana | 1-noyabr, 1991-yil(1991-11-01) |
Voris partiya | Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi |
Shtab kvartiralari | Hukumat uyi, Vladimir Lenin nomidagi maydon, Toshkent |
Gazetasi |
Sovet Oʻzbekistoni Pravda Vostoka Haqiqati Oʻzbekiston |
Yoshlar qanoti | Oʻzbekiston LKSM va Oʻzbekiston Pionerlar tashkiloti |
Ideologiyasi | kommunizm, sotsializm, marksizm-leninizm, ateizm, antiklerikalizm, proletar internatsionalizmi, antifashizm, antiamerikanizm, antiatlantizm |
Xalqaro mansublik | kommunistik partiya |
Shiori | „Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!“ (ruscha: „Пролетарии всех стран, соединяйтесь!“ |
Madhiyasi | Sovet Ittifoqi va Oʻzbekiston SSR madhiyasi |
Ittifoqchilari | KPSS va ittifoqdagi respublikalarning kommunistik partiyalari |
![]() |
Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasi Buxoro SSR Kommunistik partiyasi, Xorazm SSR Kommunistik partiyasi va Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Kommunistik partiyasining vorisi hisoblangan[3]. 1994-yilda tuzilgan Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi oʻzini Oʻzbekiston Kompartiyasining vorisi deb hisoblasa-da, rasman Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasining vorisidir[4].