Oybek Shodmonqulovich Ashurmatov (1966-yilda tugʻilgan) — oʻzbek davlat arbobi, 2010-yil yanvardan 2016-yil dekabrigacha Sirdaryo viloyati hokimi. 2010-yilda II chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga saylangan.

Qisqa faktlar Jizzax viloyati hokimining oʻrinbosari, Zarbdor tumani hokimi ...
Oybek Ashurmatov
 Jizzax viloyati hokimining oʻrinbosari
Mansab davri
2019-yil 26-oktabr  hozirgi vaqtgacha
 Zarbdor tumani hokimi
Mansab davri
2018-yil avgust  2019-yil 26-oktabrgacha
 Sirdaryo viloyati hokimi
Mansab davri
2010-yil yanvardan  2016-yil dekabrgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Abdurahim Jalolov
Vorisi Gʻofurjon Mirzayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1966
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni
Yopish
Ushbu maqola oʻzbek davlat arbobi haqidadir. Oybek soʻzining boshqa maʼnolari uchun bu yerga qarang.

Biografiyasi

Sirdaryo viloyati hokim vazifasini bajaruvchidan oldin Jizzax viloyatining Yangiobod tumani hokimi lavozimini egallagan edi. 2009-yil sentabrda Sirdaryo viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan Abdurahim Jalolov oʻrniga Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi[1]. 2010-yil 15-yanvardan 2016-yil 15-dekabrigacha Sirdaryo viloyati hokimi lavozimida ishlagan[2][3].

2010-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga saylandi va agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya qoʻmitasiga kirdi[4][5].

2018-yil 13-avgustda Jizzax viloyati Zarbdor tumani hokimi etib tayinlandi va 2019-yil 26-oktabrgacha ushbu lavozimni egalladi[6][7].

2019-yil 26-oktabrda Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi[8].

Mukofotlar

2003-yil 26-avgust — "Mehnat Shuxrati" ordeni[9]

Manbalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.