Oxund Abulhay madrasasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Oxund Abulhay madrasasi Mozor boshiga qurilgan hujralardan tashkil topgan. Ushbu o‘quv dargohi faoliyatiga oid 2 hujjat saqlanib qolgan. Qozikalon Mir Badriddin arznomasida oxund Abulhay xoja go‘rxonasi hujralari mudarrisi mulla Yusuf vafot etgani sababli uning o‘rniga Miyonkoliyon guzari masjidi imomi mulla Muhiddin o‘tkazilayotgani maʼlum qilinadi. Maoshi 5 tilla edi. Ikkinchi hujjatda oxund Abulhay go‘rxonasi mudarrisi mulla Muhiddin Buxoriy Oliy cho‘bin madrasasiga o‘tishi munosabati bilan uning bo‘sh qolgan o‘rniga qori mulla Tursun tayinlanishi bildiriladi. Maoshi 60 tanga edi.[1]