Osman-Venetsiya dengiz shartnomasi (1416)
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Osman-Venetsiya dengiz shartnomasi (1416) ― 1416 -yilda Osmanlar imperiyasi va Venetsiya Respublikasi oʻrtasida tuzilgan, ikki davlat oʻrtasidagi qisqa muddatli toʻqnashuvga chek qoʻygan, Egey dengizi va Bolqondagi Venetsiyaliklarning egaliklarini tasdiqlovchi, ular oʻrtasidagi dengiz savdosi qonunlarni oʻrnatgan kelishuvdir.
XIV-asr boshlarida, Konya sultonligi parchalanganidan soʻng, bir qancha Anadolu beyliklari[1], jumladan Karasi, Oydin va Menteshe mustaqillikka erishib, Egey dengiziga chiqish huquqini qoʻlga kiritdilar. Biroq, oʻsha asrning oxirida ular kuchini sezilarli darajada oshirgan Osmanlar imperiyasi tomonidan qoʻshildi. Osmanla sobiq mustaqil beyliklarning jamoalari bilan flotlarga egalik qilishdi. Oʻz flotini toʻldirish va shu tariqa kengaytirish orqali Osmanlar Egey dengizidagi Venetsiya hukmronligiga tahdid sola boshladilar. Keyinchalik Tamerlanning yurishi paytida beyliklar qisqa vaqt ichida mustaqillikka erishgan boʻlsalar ham, ular hech qachon oʻz flotlarini tiklay olmadilar.
1415-yilda, Osmanlar interregnumidan koʻp oʻtmay , Venetsiya Respublikasi Osmanlar flotini nazorat qilish uchun Pietro Loredano boshchiligidagi 10 ta galleyni Marmar dengiziga yubordi. Egey orollaridan (ularning aksariyati Venetsiya hukmronligi ostida edi) qoʻshimcha kuchlarni olgan bu flot keyinchalik butun Marmar dengizining suvlarini nazorat qiladi.
1416-yil 29-mayda Gelibolu jangi boʻlib oʻtdi, bu jangda Venetsiya floti yirik gʻalabaga erishdi va Osmanlar admiral Chali Beyni yoʻqotadilar. Keyin general-kapitan Pietro Loredano Osmanlarning Lapseki portini egallashga urinib koʻrdi, ammo chekinishga majbur boʻladi[2].
Vizantiya imperatori Manuel II Paleologos vositachiligida ikkala tomon quyidagi masalalarda kelishuvga erishdilar:
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.