Oqmoʻla (viloyat)
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Oqmoʻla viloyati (qoz. Ақмола облысы, اقمولا وبلىسى) - Qozogʻistondagi viloyat (1961-yilgacha Akmolinsk). 1961—92 yillarda Selinograd, 1992-yildan Oqmoʻla viloyati). 1939-yilda tashkil etilgan. Maydoni 155,1 ming km2. Aholisi 731 398 kishi (2012), qozoq, rus, nemis, ukrain, belorus, tatar, udmurt, boshqird, mordva, uygʻur, koreys va boshqalar yashaydi. 13 tuman, 7 shahar, 12 shaharcha bor. Maʼmuriy markazi — Koʻkchatov shahri (1999-yildan buyon). Viloyatda 4 oliy oʻquv yurti, oʻlkashunoslik muzeyi, drama teatri bor.[4]
| ||
viloyat | ||
---|---|---|
Maʼmuriy markazi | Koʻkchatov shahri | |
Yirik shaharlari | Koʻkchatov, Stepnogorsk, Shuchinsk | |
Asos solingan sanasi | 1939-yil | |
Akim | Aytmuhametov Qoʻsman Qayirtayevich | |
Rasmiy tillar | qozoq, rus | |
Aholi (2013) | 734,145[1] (11-oʻrin) | |
Zichligi | 5,00 kishi./km² | |
Millatlar tarkibi |
qozoqlar — 43,5% ruslar — 36,5% | |
Dinlar tarkibi | musulmonlar, xristianlar | |
Maydoni | 146 219 km² | |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 | |
Telefon kodi | +7 7162 xx-xx-xx[2] | |
Pochta indeksi | 02xxxx[3] | |
Avtomobil raqami kodi | O,C,03 | |
Rasmiy sayti | http://www.akmo.kz/ | |
Xaritada | ||
52°0′0″N 69°0′0″E |
Oqmoʻla viloyati Qozogʻiston past togʻlarining shimoli-gʻarbiy qismini egallagan. Hududining katta qismi toʻlqinsimon tekislik. Mutlaq balandligi 300–400 m. Sharkala Yermentov togʻlari (eng baland joyi — 897 m), janubi-gʻarbida Tengiz-Qurgʻaljin botigʻi joylashgan. Foydali qazilmalari: oltin, boksit, surma, mis, toshkoʻmir, gil, kvars qumi. Iqlimi keskin kontinental, quruq iqlim. Iyulning oʻrtacha harorati 20 °C, yanvarniki — 18 °C. Yillik yogʻin 300 mm. Eng katta daryosi — Ishim. Koʻl koʻp. Oqmoʻla viloyatining shimoliy qismidagi qora tuproqlarda shuvoq-betaga oʻsadi. Dashtlarda kemiruvchilar, tuyoklilar, yirtqichlar, qushlar yashaydi. Qurgʻaljin qoʻriqxonasi bor.
Yirik daryolari Yesil, uning tarmoqlari — Qaqutan, Jabay, Terisaqqan, Nura, Suleti, Oʻlenti, Qulanoʻtpes, v.b. Viloyatda koʻllar koʻp, ularning 94 tasi chuchik. Yirik chuchik koʻllari Qoʻrgʻaljin, Qoʻjakoʻl, Shoʻlaqshalqar, Baliqtikoʻl, Uyalishalqar, v.b. Yirik tuzli koʻllari Teniz, Kerey, Itemgen, Qipshaq, Mamay, Ulken Sarioʻba va Astana, Sileti toʻgʻoni bor. Ulardan boʻlak yer sugʻorish maqsadida 37 ta toʻgʻon barpo etilgan, jami suv koʻl. 180,6 mln. m3. Qoʻrgʻaljin koʻl tarmogʻini suv bilan toʻldirish va Astananing sanoatini suv bilan taʼminlashni yaxshilash uchun Nura daryosi orqali 70 — 74 mln. m³ Irtish suvi beriladi.
Aholi soni 1989yil[5] | %[5] | Aholi soni 1999yil | % | Aholi soni 2010yil | % | |
---|---|---|---|---|---|---|
Barchasi | 1064406 | 100,00 % | 836271 | 100,00 % | 738010 | 100,00 % |
Qozoqlar | 266831 | 25,07 % | 313488 | 37,49 % | 330835 | 44,83 % |
Ruslar | 459348 | 43,16 % | 329454 | 39,40 % | 263052 | 35,64 % |
Ukrainlar | 91236 | 8,57 % | 62228 | 7,44 % | 45935 | 6,22 % |
Olmonlar | 139032 | 13,06 % | 52334 | 6,26 % | 30124 | 4,08 % |
Beloruslar | 28283 | 2,66 % | 19475 | 2,33 % | 14684 | 1,99 % |
Tatarlar | 22332 | 2,10 % | 17272 | 2,07 % | 14645 | 1,98 % |
Polyaklar | 14058 | 1,32 % | 11404 | 1,36 % | 9242 | 1,25 % |
Ingushlar | 5571 | 0,52 % | 5491 | 0,66 % | 5467 | 0,74 % |
Chechenlar | 4181 | 0,39 % | 3149 | 0,38 % | 3536 | 0,48 % |
Boshqurtlar | 4793 | 0,45 % | 2708 | 0,32 % | 2304 | 0,31 % |
Moldavanlar | 3461 | 0,33 % | 2239 | 0,27 % | 2001 | 0,27 % |
Ozarbayjonlar | 2424 | 0,23 % | 1656 | 0,20 % | 1801 | 0,24 % |
Udmurtlar | 2690 | 0,25 % | 1748 | 0,21 % | 1461 | 0,20 % |
Koreyslar | 1382 | 0,13 % | 1489 | 0,18 % | 1298 | 0,18 % |
Mariylar | 2799 | 0,26 % | 1377 | 0,16 % | 1177 | 0,16 % |
Mordvalar | 2705 | 0,25 % | 1662 | 0,20 % | 1117 | 0,15 % |
Armanlar | 1171 | 0,11 % | 1110 | 0,13 % | 1111 | 0,15 % |
Chuvashlar | 1980 | 0,19 % | 1089 | 0,13 % | … | … |
Boshqa millatlar | 10129 | 0,95 % | 6898 | 0,82 % | 8220 | 1,11 % |
Oqmoʻla viloyati 17 tumanga va 3 shaharga boʻlinadi.
Oqmoʻla viloyati Qozogʻistondagi muhim gʻallachilik rayonlaridan. Xoʻjaligining asosiy tarmoqlari — obikor dehqonchilik va goʻsht-jun chorvachiligi. Oqmoʻla viloyatining qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlari orasida katta qismini yaylovlar egallaydi. Qishloq xoʻjaligi yirik gʻallachilik bilan sut-goʻsht chorvachiligi, parrandachilik, choʻchqachilik va mayin junli qoʻychilik, yilqichilikka ixtisoslashgan. Ishim daryosi va chuchuk koʻllarda baliq ovlanadi[6].
Energetikasi Qaragʻanda havzasidagi toshkoʻmir va mazutga asoslanadi. Issiqlik elektr stansiyasi ishlab turibdi. Kon qazish, mashinasozlik va metallsozlik (qishloq xoʻjaligi mashinalari, nasos, vagon taʼmirlash zavodlari), oziq-ovqat (un kombinati, sut zavodlari) va mebel sanoati tarmoqlari rivojlangan. Qurilish materiallari (temir-beton konstruksiyalar, gʻisht ishlab chiqarish) sanoati barpo etilgan. Koʻpchilik sanoat korxonalari Ostonada, shuningdek, Makinskda (porshen xalqalari ishlab chiqaruvchi zavod, qishloq xoʻjaligi inventarlari, avtomobil va traktorlar uchun ehtiyot qismlar), Otbosarda (goʻsht kombinati, remontmexanika zavodi), Alekseyevkada, Shoʻrtandi shaharchasida (mebel fabrikalari) va tuman markazlarida (moy zavodlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari) joylashgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.