OpenOffice
bepul ofis dasturiy taʼminoti paketi / From Wikipedia, the free encyclopedia
Apache OpenOffice (avvalgi OpenOffice.org, OO.org, OO.o, OOo ) — bu bepul ofis toʻplami hisoblanib, format darajasida ham, foydalanuvchi interfeysi darajasida ham tijorat ofis toʻplamlari (shu jumladan Microsoft Office) raqoboatlasha oladigan dasturiy taʼminotdir[1][2]. Birinchilardan boʻlib OpenDocument (ISO/IEC 26300) yangi ochiq hujjat formatini qoʻllab-quvvatladi. Rasmiy ravishda GNU/Linux, Windows, macOS Intel/PowerPC platformalarida qoʻllab-quvvatlanadi. Ilgarilari Solaris SPARC/Intel[3]. OpenSolaris, FreeBSD, Linux PowerPC[4], OS/2[5] va Android uchun norasmiy portlar mavjud edi.
Apache OpenOffice | |
Apache OpenOffice Writer 4.0.0 versiyasining koʻrinishi | |
Ishlab chiquvchi | Apache Software Foundation |
---|---|
Chiqarilgan sana | 3.4.0 / 8-may, 2012-yil (12 yil avval) (2012-05-08) |
Operatsion tizim | Linux, Mac OS, Microsoft Windows |
Platforma | IA-32 va x86-64 |
Yozilgan til(lar)i | 41 ta |
Status | faol |
Janr | Ofis dasturiy toʻplami |
Litsenziya | Apache-2.0 |
Vebsayt: | openoffice.org |
Dasturlash tili: | C++ va Java |
OpenOffice StarOffice kodiga asoslangan boʻlib, u Sun Microsystems tomonidan sotib olingan va keyin ochiq manba sifatida chiqarilgan. Ikkinchisini sotib olgandan soʻng, OpenOffice huquqlari Oracle kompaniyasiga oʻtdi. Ammo 2005-yil 3-sentabrda Sun Microsystems oʻzining ochiq manbali barcha loyihalari uchun SISSLʼdan voz kechishini eʼlon qildi va shu vaqtdan boshlab paket faqat LGPL tomonidan litsenziyalangan.
Windows operatsion tizimlari uchun OpenOffice toʻplamining portativ versiyasi mavjud boʻlib, uni oʻrnatmasdan ishlatish mumkin, bu sizga paketni, masalan, USB flesh xotiradan ishga tushirishga imkon beradi[6]. OpenOffice ofis toʻplami Apache litsenziyasi boʻyicha shaxsiy kompyuterlar, maktablar, ofislar, universitetlar, davlat, byudjet va tijorat tashkilotlari va muassasalarida erkin oʻrnatilishi va ishlatilishi mumkin[7].
OpenOffice ofis toʻplami, Rossiya Federatsiyasi hukumatining qaroriga binoan, 2008-yilda Rossiyaning barcha maktablariga litsenziyalangan va ochiq kodli dasturiy taʼminotning asosiy dasturiy qismlari sifatida informatika va kompyuter savodxonligini oʻrgatish uchun topshirildi.