![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/8f/Oliy_darajali_Imom_Buxoriy_ordeni.png/640px-Oliy_darajali_Imom_Buxoriy_ordeni.png&w=640&q=50)
Oliy darajali Imom Buxoriy ordeni
Oliy darajali Imom Buxoriy ordeni / From Wikipedia, the free encyclopedia
„Oliy darajali Imom Buxoriy“ ordeni — Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlaridan biri. 2022-yil 15-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan qonun asosida taʼsis etilgan[1].
„Oliy darajali Imom Buxoriy“ ordeni | |||
---|---|---|---|
| |||
Mamlakat |
![]() | ||
Turi | Orden | ||
Taqdirlash asosi | Islom dini sivilizatsiyasiga hissa qoʻshgan olimlar ilmiy faoliyatini oʻrganish va keng jamoatchilikka yoyish | ||
Holati | topshiriladi | ||
Statistika | |||
Taʼsis sanasi | 2022-yil 15-avgust | ||
Birinchi taqdirlash | 2022-yil 19-avgust | ||
Navbat | |||
Toʻngʻich mukofot | Mustaqillik ordeni | ||
Kenja mukofot | Amir Temur ordeni |
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/2/22/%C4%B0mam_Buhari_Ni%C5%9Fan%C4%B1.jpg/640px-%C4%B0mam_Buhari_Ni%C5%9Fan%C4%B1.jpg)
Orden muhaddis Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al Buxoriy sharafiga nomlangan.
Bu orden bilan Oʻzbekiston va xorijiy davlatlar fuqarolari markaziy osiyolik tarixiy allomalarning islom sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasini xalqaro hamjamiyatga yetkazganligi, hadislarning ezgu, umuminsoniy gʻoyalarini keng ommaga yoyganligi, markaziy osiyolik allomalarning asarlarini ilmiy izohli tarjima qilgani, ularning islom diniga oid asarlarini toʻplashdagi va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishdagi faol ishtiroki uchun mukofotlanadi[2].
„Oliy darajali Imom Buxoriy“ ordeni bilan mukofotlangan shaxsga Oʻzbekiston respublikasi bazaviy hisoblash miqdorining 70 baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti ham beriladi[2].