FK Olympic – hozirda Toshkentda joylashgan Oʻzbekiston futbol klubi Oʻzbekiston Superligasida oʻynaydi. Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi asosi sifatida tashkil topgan futbol jamoasi.[1]
Qisqa faktlar Asos solingan, Sigʻimi ...
Yopish
„Olimpik“ 2021-yilda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan[2][3] va jamoa 2024-yilgi Parij-2024 Olimpiadasi uchun tayyorgarlik vazifasini oʻtab beradi. Jamoa 2021-yilda ilk bor Oʻzbekiston Pro ligasida[4] ishtirok etdi va dastlabki mavsumdayoq uchinchi oʻrinni egalladi.[5] Klub oʻzining professional futboldagi birinchi gʻalabasini 2021-yilda qoʻlga kiritdi. 28-mart kuni oʻz maydonida „Oqtepa“ jamoasini 2:1 hisobida magʻlub etgan edi.[6] Oʻzbekiston Superligasi uchun oʻtish uchrashuvida 2021-yil 2-dekabr kuni Superligada oʻn ikkinchi oʻrinni olgan „Mashʼal Muborak“ klubiga qarshi oʻynadi.[7] Oʻyinda 3:1 hisobida gʻalaba qozondi va Oʻzbekiston Superligasiga yoʻl oldi.[8][9][10][11] Oʻzining ilk mavsumida Oʻzbekiston Kubogi chorak finaligacha yetib bordi va „Paxtakor“ klubiga 0-1 hisobida magʻlub boʻldi. 2022-yilda Oʻzbekiston Coca-Cola Superligasida ishtirok etdi.[12]
Mahhalliy musoboqalar natijalari
Batafsil maʼlumot Mavsum, Liga ...
Yopish
Klub uy oʻyinlarini Toshkentdagi „JAR“ stadionida oʻtkazadi. Stadion 8500 kishiga moʻljallangan.[13]
U21
Batafsil maʼlumot №, Amplua ...
Yopish
Murabbiylar shtabi
- 17-mart 2024-yil
Olimpik jamoasi tashkil etilganidan buyon Temur Kapadze jamoaga bosh murabbiylik qilib kelmoqda. 2021-yilgi mavsum soʻngida jamoa Kapadze qoʻl ostida Pro ligadan Super ligaga yoʻl oldi.
Batafsil maʼlumot Ism ...
Yopish