Obuse

From Wikipedia, the free encyclopedia

Obusemap

Obuse (yaponcha: 小布施町 Obuse-machi?) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra, shaharchada 3832 xonadonda 10999 nafar aholi istiqomat qilgan[1], aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 580 nafarni tashkil qiladi. Shaharning umumiy maydoni 19,12 kvadrat kilometr (7,38 mi²) ga teng.

Qisqa faktlar Obuse 小布施町, Mamlakat ...
Obuse

小布施町
Shaharcha
Thumb
Thumb
Bayroq
Thumb
Gerb
36°41′51.0″N 138°18′43.6″E
Mamlakat Yaponiya
{{{mintaqa_turi}}} Chubu viloyati
Asos solingan 1-aprel 1889-yil
Maydon 19.12 km2 (7.38 kv mi)
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2019-yil aprel)
10 999
Zichligi 580 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 026-247-3111
Thumb
Obuse
Obuse
Yopish
Thumb
Obuse shahridagi Masuichi Ichimura Sake pivo ishlab chiqaruvchisi

Geografiyasi

Obuse shimoliy Nagano prefekturasida, Nagano shahridan sharqda joylashgan.

Atrofdagi munitsipalitetlar

Iqlimi

Shahar iqlimi issiq va nam yoz hamda sovuq qish bilan tavsiflanadi (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Obuseda oʻrtacha yillik harorat 12,4 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1229 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 25,9 °C, eng past harorati esa yanvarda, −0,3 °C atrofida boʻladi[2].

Demografiyasi

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Obuse aholisi soni soʻnggi 40 yil ichida ancha barqaror boʻlib qolmoqda.

Batafsil maʼlumot Yil, Aholi ...
Aholining oʻsishi
YilAholi±%
19408,301    
195010,817+30.3%
196010,098−6.6%
19709,625−4.7%
198011,205+16.4%
199011,568+3.2%
200011,46−0.9%
201011,074−3.4%
202010,66−3.7%
Yopish

Tarixi

Hozirgi Obuse hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan va uni Imperator Go-Shirakava davridagi shoen bilan bogʻliq boʻlgan voqealarni soʻnggi Heian davri yozuvlarida joy nomi sifatida koʻrish mumkin. 1843-yilda 83 yoshida yapon rassomi Hokusai boy dehqon Takai Kozanning taklifiga binoan Obuse shahriga borib, u yerda bir necha yil yashaydi[4]. Obusedagi faoliyati davomida Hokusai bir nechta durdona asarlar yaratadi, jumladan Erkak toʻlqini va Ayollik toʻlqini nomli rasmlari mashhur boʻlgan[4].

Zamonaviy Obuse qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan yaratilgan. 1954-yil 1-fevralda u shaharcha maqomiga koʻtarildi. Obuse 1954-yil 1-noyabrda qoʻshni Tsusumi qishlogʻini oʻziga qoʻshib oldi.

Obuse shahridagi eng yirik shifoxona Shinsei kasalxonasi (Yangi hayot kasalxonasi) Kanadaning Anglikan cherkovi missioneri J.G.Waller tomonidan 1932-yilda Kanadada toʻplangan mablagʻ asosida sil kasalligi sanatoriysi sifatida tashkil etilgan[5].

Iqtisodiyoti

Kichkina boʻlishiga qaramay, goʻzal Obuse shahri oʻzining kashtan sanoati bilan mashhur boʻlib, u mahalliy hunarmandlar ishiga oʻziga xos joʻshqinlik keltiradi, kashtandan muzqaymoq va boshqa shirinliklar shuningdek turli xil taomlar tayyorlanadi. Mintaqada kashtanlarning koʻpligi sabbali Obuseni Nagano markazidagi sayyohlar va sanʼat kollektsionerlari oʻziga jalb etadi hamda mahalliy yogʻoch ustalari va rassomlar uchun savdo bozorlarini ham yaratadi.

Taʼlim tizimi

Obuseda bitta davlat boshlangʻich maktabi hamda bitta davlat oʻrta maktabi mavjud. Shaharda yuqpri maktab mavjud emas.

Transporti

Temir yoʻl

  • Nagano elektr temir yoʻli — Nagano liniyasi
    • Obuse — Tsusumi

Magistral yoʻl

  • E18 Joshin-etsu tezkor yoʻli
  • Milliy yoʻnalish 18
  • Milliy yoʻnalish 403

Mahalliy diqqatga sazovor joylar

  • Gansho-in, Katsushika Hokusai tomonidan boʻyalgan shiftli Budda ibodatxonasi
  • Hokusai muzeyi[6] bu muzey milliy xazina hisoblanib, u Obuseda oʻzining bir qancha mashhur asarlarini yaratgan buyuk yapon rassomi Hokusaining asarlari va tarixini namoyish etadi.

Galereya

Thumb
Hokusai muzeyi
Thumb
Obuse machi tosho terrasasi
Thumb
Michinoeki oasis
Thumb
Nagaden Matsukava koʻprigi
Obuse shahridagi manzilgohlar

Manbalar

Havolalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.