Nurota tumani
From Wikipedia, the free encyclopedia
Nurota tumani — Navoiy viloyatidagi tuman. Shimolidan viloyatning Tomdi, gʻarbdan Konimex tumanlari, Buxoro viloyati, sharqdan Jizzax viloyati, janubidan Navoiy, Xatirchi tumanlari, Samarqand viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 6,5 ming km². Bu koʻrsatkich bilan Nurota tumani Navoiy viloyati tumanlari orasida toʻrtinchi oʻrinda (Uchquduq, Tomdi va Konimex tumanlaridan keyin) turadi. Nurota viloyati geografiyasi Navoiy viloyatining boshqa viloyatlari orasida eng xilma-xildir. Tumanning shimoliy va gʻarbiy qismlarini choʻl va dashtlar, janubiy va sharqiy qismlarini togʻlar, yaylovlar va sugʻoriladigan yerlar egallaydi[1]. Aholisi 78 ming kishi (2003). 1 shahar (Nurota), 7 kish-loq fuqarolari yigʻini (Nurota, Dehi-baland, Sentob, Qizilcha, Chuya, Gum, Gʻozgʻon) bor. Tuman markazi — Nurota shahri.
| |
tuman | |
---|---|
Tegishli | Navoiy viloyati |
Maʼmuriy markazi | Nurota |
Tuman hokimi | Azamat Fayziyev |
Avtomobil raqami kodi | 85 |
Rasmiy sayti | https://www.nur-ota.uz/uz |
Xaritada | |
40°34′0″N 65°41′0″E |