![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/cb/Nottingham_montage.jpg/640px-Nottingham_montage.jpg&w=640&q=50)
Nottingem
From Wikipedia, the free encyclopedia
Nottingem (/ˈnɒtɪŋəm/ ( tinglang)) — Buyuk Britaniyaning markaziy qismidagi shahar, Nottingemshir grafligining maʼmuriy markazi. Trent daryosi boʻyida. Aholisi 282,4 ming kishi (1990-yillar oxiri). Transport yoʻllarining yirik tuguni. N. — mamlakatning yengil sanoat markazi. Toʻqimachilik (xususan, ip gazlama), tamaki, koʻn-poyabzal, oziq-ovqat, farmatsevtika sanoati korxonalari mavjud. Velosiped va mototsikllar ishlab chiqariladi. N. yakinida koʻmir havzasi joylashgan. Un-t bor. 11 — 19-asrlarda qurilgan meʼmoriy yodgorliklar saqlangan. Shahar 9-asrdan maʼlum.[1]
Qisqa faktlar Nottingem inglizcha: Nottingham, Mamlakat ...
Nottingem inglizcha: Nottingham | |
---|---|
shahar | |
![]() | |
52°57′18″N 1°8′57″W | |
Mamlakat | Birlashgan Qirollik |
Graflik | Nottingemshir |
Unitar birlik | Siti of Nottingem |
Asos solingan | 600-yil |
Maydon | 7,461 km2 (2,881 kv mi) |
Markazi balandligi | 61 m |
Rasmiy til(lar)i | inglizcha |
Aholisi |
![]() |
Vaqt mintaqasi | UTC+0, yozda UTC+1 |
Telefon kodi | +44 |
Pochta indeks(lar)i | NG |
Yopish