From Wikipedia, the free encyclopedia
Nora Arnezeder (1989-yil 8-mayda tugʻilgan[1]) – fransuz aktrisasi va qoʻshiqchisi. U eng istiqbolli aktrisa uchun beriladigan Lumières mukofoti sovrindori boʻlgan.
Nora Arnezeder 1989-yil 8-mayda Fransiyaning Parij shahrida tugʻilgan. Uning otasi Volfgang Arnezeder avstriyalik katolik, onasi Piera Schinasi esa misrlik yahudiy ayol edi[2][3][4]. U oʻrta maktabda oʻqib yurganida, Cours Florent drama maktabida aktyorlik, raqs va qoʻshiqchilik boʻyicha tahsil olgan[5].
Nora Arnezederning birinchi asosiy roli 2008-yilda rejissyor Christophe Barratier tomonidan suratga olingan „Paris 36“ (fransuzcha: Faubourg 36) filmida boʻlgan. Bu filmdagi roli uchun u Lumières mukofotini, shuningdek, Étoile d’Or mukofotini (Fransuz kinosining oltin yulduzlari) ham qoʻlga kiritgan. Filmda Arnezeder 82-Oskar mukofotlarida „Eng yaxshi original qoʻshiq“ nominatsiyasiga nomzod boʻlgan „Loin de Paname“ qoʻshigʻini ijro etgan.
2009-yilda Arnezeder Guerlain firmasining L’Idylle atiri uchun brend yuzi boʻlgan.
2012-yilda Arnezeder Amerikaning „Safe House“ triller filmida Ryan Reynoldsning sevgilisi rolini oʻynagan. Oʻsha yili u Sundance kinofestivalida taqdim etilgan „The Words“ nomli Amerika drama filmida Celia rolini ijro etgan[6]. Oʻsha yili Arnezeder „Maniac“ nomli qoʻrqinchli slasher filmida ham rol oʻynagan.
2013-yilda u Ariel Zeitoun rejissyori boʻlgan „Angélique“ dramatik sarguzasht filmida bosh rolni ijro etgan. U CBS kanalida namoyish etilgan „Zoo“ teleserialining dastlabki ikki (2015-2017) mavsumida fransuz razvedka tergovchisi Chloe Tousignant rolini oʻynadi[7].
Arnezeder 2014-yil va 2018-yillar oraligʻida „Mozart in the Jungle“ serialining 6 ta epizodida Anna Maria rolini oʻynagan.
U 2018-yilda YouTube Premium (sobiq YouTube Red) obunachilari uchun taqdim etilgan „Origin“ nomli ilmiy-fantastik seriyaning bir mavsumida Evelyn Rey rolini oʻynagan[8].
2021-yilda Arnezeder Zack Snyderning Netflix tomonidan taqdim etilgan „Army of the Dead“ filmida Lilly „The Coyote“ rolini oʻynagan[9]. U, shuningdek, Paramount+ tomonidan suratga olingan „The Offer“ mini-serialida ham rol oʻynagan[10].
U 2021-yilda ingliz tilidagi „Tides“ („The Colony“) nomli nemis-shveytsariya ilmiy-fantastik triller filmida Blake rolini ijro etgan.
Yil | Film | Rol |
---|---|---|
2006-yil | Commissaire Valence | Chloé |
2007-yil | Les deux mondes | Lyri |
2008-yil | Faubourg 36 | Douce |
2011-yil | Louis la Chance | Katia (ovoz bergan) |
La croisière | Chloé | |
2012-yil | What the Day Owes the Night | Émilie |
The Words | Celia | |
Maniac | Anna | |
Safe House | Ana Moreau | |
2013-yil | Angélique | Angélique |
2014-yil | Fiston | Sandra |
Mozart in the Jungle | Anna Maria | |
Inside Me | Madeleine | |
2015–2016-yillar | Zoo | Chloe Tousignant |
2017-yil | Riviera | Nadia[11] |
2018-yil | In the Cloud | Z |
Origin | Evelyn Rey | |
2020-yil | Here After | Honey Bee |
2021-yil | Army of the Dead | Lilly „The Coyote“ |
Blast | Sonia | |
Tides (The Colony) | Louise Blake | |
2022-yil | The Offer | Francoise Glazer |
Le Musk | Juliet | |
Leopard Skin | Sierra Loba | |
2024-yil | American Star | Gloria |
Hali chiqarilmagan |
Tin Soldier | Evoli |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.