Non mevasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Non mevasi (Artocarpus altilis)—tutdoshlar oilasiga mansub gulli daraxt turi (Moraceae)[2][3] Yangi Gvineya, Maluku orollari va Filippindan kelib chiqqan Artocarpus camansi ning xonakilashtirilgan avlodi. Dastlab u Okeaniyada tarqalgan. Mustamlaka davrida dunyoning boshqa tropik mintaqalariga tarqaldi[4][5]. Ingliz va fransuz sayyohlari 18-asr oxirida Karib dengizi orollariga bir nechta urugʻsiz non mevasining navlarini olib keldilar. Bugungi kunda u Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo, Tinch okeani, Karib dengizi, Markaziy Amerika va Afrikaning 90 ga yaqin mamlakatlarida etishtiriladi[6]. Uning nomi tuzilishi yangi pishirilgan nonga oʻxshash va kartoshka taʼmiga ega boʻlgan mevalaridan olingan[6][7].
Non mevasi | |
---|---|
lmiy tasniflash | |
Oʻsimlik | |
Yuksak oʻsimliklar | |
Gulli oʻsimliklar | |
Ikki urugʻpallalilar | |
Rosids | |
Rosales | |
Tutdoshlar | |
Artocarpus | |
A. altilis | |
Binar nomi | |
Artocarpus altilis (Parkinson) Fosberg | |
Sinonimlar | |
|
Daraxtlar tropik mintaqalarda, jumladan, Markaziy Amerikaning pasttekisliklarida, Janubiy Amerikaning shimolida va Karib dengizida keng tarqalgan[5][6]. Koʻpgina madaniyatlarda asosiy oziq -ovqat boʻlib xizmat qiladigan mevalardan tashqari, draxtning yengil va mustahkam yogʻochlari ustunlar, kemalar va uylar uchun ishlatilgan.
Non mevasi Yangi Gvineya, Maluku orollari va Filippindagi Artocarpus camansi (non yoki urug‘li non mevasi), Filippindagi Artocarpus blancoi (tipolo yoki antipolo) va Mikroneziyadagi Artocarpus mariannensis (dugdug) bilan chambarchas bog‘liq[8].