From Wikipedia, the free encyclopedia
Nokia 1100 - bu Nokia kompaniyasining ikki diapazonli mobil telefoni boʻlib, 2002-yilda ishlab chiqilgan monoxrom ekranli va chiroqli soddalashtirilgan model. Ushbu modelni yaratuvchilar oddiygina - "Penny" deb nomlagan. Model dizayni Kaliforniyadagi Nokia dizayn markazida ishlab chiqilgan va bolgar dizayneri Dmitriy Mehandjievskiy tomonidan patentlangan[1][2]
Nokia 1100 | |
---|---|
Nokia 1100 | |
Brend | Nokia |
Seriya | Nokia 1100 series |
Vazni | 93 gramm |
Ishlatuv tizimi | Series 40 |
Vebsayt | europe.nokia.com |
Nokia 1100 2003-yil oxirida bozorga chiqdi. U Xitoy kabi yangi, tez rivojlanayotgan bozorlarga moʻljallangan edi. Besh yil ichida ushbu liniyaning 250 million nusxasi sotilgan, bu haftasiga oʻrtacha bir million nusxa. Ayni paytda ushbu telefon barcha savdo rekordlarini yangiladi va barcha davrlarning eng koʻp sotilgan telefoniga aylandi. Ilgari Nokia kompaniyasining yetakchisi Nokia 3310 edi. Model 2009-yilgacha ishlab chiqarilgan. Telefon birinchi marotba oʻzida chiroqni mujassamladi[3]
Nokia 1100 Nokia kompaniyasining milliardinchi sotilgan telefoniga aylandi (bu telefon 2005-yilda Nigeriyada sotilgan)[4]
Nokia 1101 Nokia 1100 ning oq ekranli va WAP Internetga kirish imkoniyatiga ega talqini hisoblanadi[5]
Nokia 1108 ham oq ekranli koʻrinishda, ammo u Osiyo bozoriga moʻljallagan[6]
Model 4 hil koʻrinishda ishlab chiqarilgan: 1100a, 1100b, 1101 va 1108.
Telefon faqat SIM-karta oʻrnatilgan holatda ishlashi mumkin (aks holda "SIM-kartani joylashtiring" yozuvi paydo boʻladi). Ushbu telefondagi Nokia BL-5C akkumulyatori uzoq kutish va suhbat vaqtini uzaytirish imkoniga ega boʻlib - bu batareya oʻz funktsiyalari uchun yuqori quvvat talab etadigan modellarda ham qoʻllanadi, lekin 1100 kam quvvat sarflagani uchun ishlash muddatini 400 soatgacha oshiradi[7]
Telefon oʻz davrida mashhur boʻlgan 5110, 3210 va 3310 modellariga oʻxshaydi. Ushbu telefonlar kameralar, rangli ekran va polifoniyaga ega modellar chiqishidan avval yuqori talabga ega boʻlgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.