![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/1/1e/Headquarters_of_Nintendo_Co.%252C_Ltd.jpg/640px-Headquarters_of_Nintendo_Co.%252C_Ltd.jpg&w=640&q=50)
Nintendo
From Wikipedia, the free encyclopedia
Nintendo (yaponcha: 任天堂株式会社) – bosh ofisi Kioto shahrida joylashgan, videoʻyinlar va oʻyin sistemalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Yaponiya kompaniyasi. Kompaniyaga hunarmand Fusajirō Yamauchi tomonidan 1889-yilda asos solingan boʻlib, kompaniya dastavval „xanafuda“ nomli oʻyin kartalari ishlab chiqarish bilan shugʻullangan. 1960-yildan boshlab kompaniya biznesning boshqa sohalariga ham kirib boradi va yuridik jihatdan hozirgi maqomini oladi. 1977-yilda Nintendo oʻzining ilk oʻyin konsoli – Color TV-Gameni savdoga chiqaradi. Nintendo kompaniyasi 1981-yilda Donkey Kong oʻyini, shuningdek, Nintendo Entertainment System oʻyin sistemasi va 1985-yilda Super Mario Bros. oʻyinini chiqarganidan soʻng butun dunyoda mashhurlikka erishadi.
![]() kompaniya logotipi | |
![]() Kompaniyaning Kioto shahridagi ofisi | |
Turi | aksiyadorlik jamiyati |
---|---|
Tarmogʻi | elektronika, videooʻyinlar |
Birja listingi | NTDOY, OSX, Tyo |
Qachon asos solingan | 23-sentyabr, 1889-yil (134 yil avval) (1889-09-23) |
Joylashuvi |
![]() |
Asoschi(lari) | Fusajirō Yamauchi |
Mahsulot(lar)i | Nintendo Color TV Game, Game & Watch, Pokémon mini, Nintendo Entertainment System, Super Nintendo Entertainment System, Game Boy, Game Boy Color, Game Boy Advance, Nintendo 64, Nintendo GameCube, Nintendo DS, Wii, Virtual Boy, Nintendo 3DS, Wii U, Nintendo Switch |
Aylanma daromadi | ¥1,056 trln (2018)[1] |
Boyligi | ¥2.662 trln (2023) |
Kapitallashtirish | ¥2.069 trln (2023) |
Sof foydasi | ¥139,590 mlrd (2018)[1] |
Ishchilar soni |
7317 (butun dunyo boʻylab)(2023-yil mart holatiga koʻra)[2] 2779 (Nintendo Co., Ltd.) (2023-yil mart holatiga koʻra)[2] |
Vebsayti | www.nintendo.com |
Shu kunga qadar Nintendo Game Boy, Super Nintendo Entertainment System, Nintendo DS, Wii va Nintendo Switch kabi muvaffaqiyatli oʻyin tizimlarini yaratishga muvaffaq boʻldi. Kompaniya Mario, Donkey Kong, The Legend of Zelda, Pokémon, Kirby, Metroid, Fire Emblem, Animal Crossing, Splatoon, Star Fox, Xenoblade Chronicles va Super Smash Bros singari koʻplab yirik franshizalarni yaratadi. Nintendo Yaponiyaning oʻzida va chet davlatlarida juda koʻplab shoʻba korxonalarga, shuningdek, The Pokémon Company va HAL Laboratory kabi hamkorlariga ega. Kompaniya va uning hodimlari Technology & Engineering Emmy Awards, Game Awards, Game Developers Choice Awards va British Academy Game Awards mukofotlari gʻolibiga aylangan. Nintendo Yaponiya bozoridagi eng boy va eng qimmat kompaniyalardan biridir.