![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/8a/Niko%25C5%2582aj_Kamow_1973.png/640px-Niko%25C5%2582aj_Kamow_1973.png&w=640&q=50)
Nikolay Kamov
From Wikipedia, the free encyclopedia
Kamov Nikolay Ilich (1902.1(14). 9, Irkutsk — 1973.24.11, Moskva) — vertolyotsozlik sohasidagi rus konstruktori, Mehnat Qahramoni (1972), texnika fanlari doktori (1962). Vertolyotsozlik boʻyicha tajriba konstruktorlik byurosi bosh konstruktori (1940-yildan). Oʻkdosh sxemadagi vertolyotlar qurilishi asoschilaridan (oʻkdosh sxemadagi vertolyotda bitta umumiy oʻkda ikki koʻtaruvchi vint qarama-qarshi tomonga aylanadi). Uning rahbarligida Ka-8, Ka-10, Ka-15, Ka-18, Ka-25 va Ka-26 rusumli vertolyotlar; Ka22 rusumli vint-qanotli (samolyot bilan vertolyotning uygʻunlashuvi), aerochana yaratildi. K. yaratgan vertolyotlarning uchish-texnikaviy koʻrsatkichlari yuqori. Ular bilan 10 ta jahon rekordi oʻrnatilgan. K. yaratgan vintokrilda esa 8 ta jahon rekordi oʻrnatilgan.[1]
Nikolay Ilich Kamov | |
---|---|
Николай Камов | |
![]() | |
Tavalludi |
14-sentyabr 1902-yil Irkutsk, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
24-noyabr 1973-yil(1973-11-24) (71 yoshda) Moskva |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi va SSSR |