Nikoh
ikki jins vakillarining oʻzaro roziligi asosida tuzilgan ittifoq From Wikipedia, the free encyclopedia
ikki jins vakillarining oʻzaro roziligi asosida tuzilgan ittifoq From Wikipedia, the free encyclopedia
Nikoh (arabcha soʻzdan olingan boʻlib tarjimasi: “birlashish”)
Nikoh , oila qurish Alloh taoloning insoniyat orasida joriy qilingan muqaddas qonunlaridan biri boʻlib, nasl-nasabning davomiyligi, insonlar orasida qarindosh-urugʻchilik , mehr-oqibatni mukammal boʻlishi kabi insoniyat uchun manfaatli maqsadlaga xizmat qiladi.
Ijtimoiy munosabat sifatida nikoh turli jamiyat va tuzumlarda turlicha koʻrinishda boʻlgan. Nikohni qayd qilish tartibi, nikoh yoshiga qoʻyiladigan talablar turli mamlakatlarda bir-biridan farq qiladi.
Bir qator mamlakatlarda nikoh fuqaroviy-huquqiy bitim hisoblanib, uni rasmiylashtirish tartibi oila qonunchiligi bilan emas, fuqaro qonunchiligi bilan belgilanadi. Fransiyada nikoh yoshi ayollar uchun 15, erkaklar uchun 18, Italiyada tegishlicha 14 va 16, Germaniyada esa 16 va 21, AQShda (turli shtatlarida turlicha) 14—18 va 15—21 yosh qilib belgilangan. Nikohdan oʻtishda boʻlajak er-xotinning mol-mulki toʻgʻrisidagi masala katta ahamiyatga ega. Buning uchun nikoh shartnomalari tuziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 63-moddasida taʼkidlanishicha, nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqligiga asoslanadi. Nikoh masalalari Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksida (1998-yil qabul qilinib, oʻsha yili 1-sentabrdan amalga kiritilgan) oʻz ifodasini topgan. Amaldagi oila qonunchiligi Nikohning tuzilishi tartibiga, uni davlatning tegishli organlari tomonidan rasmiylashtirilishiga alohida eʼtibor beradi. Oʻzbekiston Respublikasi OKning 13-moddasiga binoan, nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi. Shunday nikohgina huquq va majburiyatni vujudga keltiradi. Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh yuridik kuchga ega emas. Shuningdek, soxta nikoh, yaʼni er-xotin yoki ulardan birining oila qurish maqsadini koʻzlamay tuzgan nikohi ham haqiqiy emas deb topiladi. Nikoh tuzishning ixtiyoriyligi va nikoh yoshi nikohdan oʻtishning asosiy shartlari hisoblanadi. Nikoh tuzishga majbur qilish taqiqlanadi. Nikoh yoshi Oʻzbekistonda erkaklar uchun 18, ayollar uchun 18 yosh etib belgilangan. Uzrli sabablar boʻlganida, alohida hollarda nikohlanuvchilarning iltimosiga koʻra, nikoh davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini koʻpi bilan 1 yilga kamaytirishi mumkin. Loaqal bittasi roʻyxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar oʻrtasida, nasl-nasab shajarasi boʻyicha toʻgʻri tutashgan qarindoshlar oʻrtasida, farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar oʻrtasida, loaqal bittasining ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar oʻrtasida nikoh tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi. Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish shart qilib qoʻyilgan. Unga koʻra, nikohlanuvchi shaxslar davlat sogʻliqni saqlash tizimi muassasalarida bepul tibbiy koʻrikdan oʻtadilar. Belgilangan shartlarning buzilishi sud tomonidan nikohni haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻlishi mumkin.
Nikoh er-xotindan birining oʻlimi yoki oʻlgan deb eʼlon qilinishi oqibatida tugatiladi. Er-xotin hayotligida nikoh nikohdan ajralish yoʻli bilan bekor qilinishi mumkin.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.