From Wikipedia, the free encyclopedia
Neyrosekretsiya (neyro... va lot. secretio — ajratma) — ayrim nerv hujayralari (neyrosekretorlar)ning fiziologik faol moddalar — neyrogormonlar ishlab chiqarishi va uni qon yoki toʻqima suyuqligiga ajratishi; odam va umurtqali hayvonlarda N. funksiyasini, asosan, gipotalamus bajaradi. Nerv impulslarining kimyoviy oʻtkazuvchi omillar (mediatorlar)ni ishlab chikaruvchi oddiy nerv hujayralaridan farqli oʻlaroq, neyrosekretor hujayralar sitoplazmasida neyrogormonlar sintez qilinadi. Bu gormon nerv xujayralarining aksonlaridan gemolimfa, qon, toʻqima va orqa miya suyukligiga ajralib, markaziy nerv sistemasi, vis-seral aʼzolar (jumladan, endokrin bezlar) faoliyatiga taʼsir koʻrsatadi. Tuban umurtqasiz hayvonlarda neyrosekretor hujayralar nerv sistemasida tarqoqjoylashgan. Filogenezda neyrosekretor hujayralar neyrosekretor markazlarga toʻplana boshlaydi. Umurtqalilarda bu hujayralar oraliq miyaning gipotalamik zonasida joylashgan. Neyrosekretor hujayralarni klassik neyronlar nazorat qiladi. Oʻz navbatida neyrosekretor hujayralar, oddiy neyronlar kabi taʼsir potensialini generatsiya qiladi, impuls aksonlardan ularning uchlarigacha boradi va uning taʼsirida neyrogormon atrof muhitga ajraladi.[1]
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.