Neyrorivojlanishning buzilishi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Nervrivojlanishi kasalliklari - bu bolalik vaqtida (yoki asab tizimining rivojlanishida ) alomatlar paydo bo'la boshlaydigan kasallik guruhi. Amerika Psixiatriya Assotsiatsiyasining 2013-yilda chop etilgan beshinchi nashri ( DSM-5 ) ruhiy kasalliklar diagnostikasi va tashxis natijalariga ko'ra, bu holatlar ko'p hollarda yoshlik davrida vujudga kelib, odatda bolalarda ular maktabga borishdan oldin paydo bo'ladi va o'smirlik davriga qadar davom etishi mumkin. [1] Bu barcha o'zgarishlarning asosiy xususiyati shundaki, ular hayotning bir yoki bir nechta sohalarida (individual, ijtimoiy, kasbiy) inson faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan o'zgarish va nuqsonlarga bog'liq. Ushbu kasalliklarning barchasi va ularning buzilish darajalari spektrda mavjud va kasallangan insonlar bir xil tashxisga ega bo'lishiga qaramay, turli xil alomatlar va nuqsonlarni boshdan kechirishi mumkin. [1] [2]
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
Neyrorivojlanish |
A
DSM-5 neyrorivojlanishi kasalliklarini oltita umumiy guruhga ajratadi.
B
- Aqliy o'zgarishlar(aqliy rivojlanishdan ortda qolishi yohud uning buzulishlari)
- O'zaro aloqalar, suhbatga kirishish va muloqot qilishdagi o'zgarish
- Autizm spektrining nuqsonlari (ASN)
- Diqqat etishmasligi / giperaktivlik o'zgarishlar (DEHB)
- Neyrorivojlanishi ritmi(asosi) nuqsonlari
- Individual fikr yuritishdagi o'zgarishlar
Bu kasalliklar odatda komorbid holatlardir, ya'ni ushbu kasallikning ma'lum biriga chalinadigan bo'lsa bu hastalik to'g'ridan to'g'ri ikkinchi kasallikni chaqiradi.Ya'ni bevosita kasallik chaqiruvchi hisoblanadi. [1] [2]