Nene Xotun
From Wikipedia, the free encyclopedia
Nene Xotun (1857-y. — 1955-yil 22-may, Erzurum) —93 nafar harbiy safida Erzurumdagi Aziziya shahrini mudofaa qilishda qatnashgan va Erzurumdagi Rus bosqinchilariga qarshi jangda faol ishtirok etgan turk xalq qahramon ayoli hisoblanadi. U bomdod vaqtida Erzurum minoralaridan 1877-yil 8-noyabrga oʻtar kechasi rus askarlari Aziziya qal’asini qoʻlga kiritgani haqidagi xabarni eshitadi. U Usmoniylar askarlariga yordam berish maqsadida qoʻllariga tosh va tayoqlar olib vatanni himoya qilishga kirishgan shahar aholisiga qoʻshiladi va bu urushda koʻrsatgan jasorati tufayli afsonaga aylanadi.
Nene Xotun (t. 1857-yil-1955-yil 22-may, Erzurum), Erzurumning Aziziya shahrining himoyasi uchun 93nafar harbiylar safida jangda qatnashgan, Erzurumga qilingan rus bosqiniga qarshi vatan himoyasida qatnashgan turk xalq qahramon ayoli | |
---|---|
Tavalludi |
1857-yil Cheperli, Palando'ken, Erzurum |
Vafoti |
1955-yil 22-may (97-98 yoshlarida) Aziziya shahidlar qabristoni, Erzurum, Turkiya, |
Fuqaroligi | Turkiya va Usmonli imperiyasi |
1955-yilda Turk ayollari ittifoqi tomonidan „Yil onasi“ deb tanlangan Nene xotun Turkiyada bu mukofotga sazovor boʻlgan birinchi ayol hisoblanadi[1]. Shu bilan birga u Turk Qurolli kuchlari tomonidan berilgan „3-qoʻshinning buvisi“ unvoniga ham sazovor boʻladi[2].