Nemis Bundesbanki
From Wikipedia, the free encyclopedia
Nemis Bundesbanki yoki Bundesbank (nemischa: ), soʻzma-soʻz tarjimasi "Nemis Federal Banki", Germaniya Federativ Respublikasining markaziy banki va Yevropa Markaziy banklar tizimining (YMBT) bir qismidir. Oʻzining qudrati va oldingi imkoniyatlari tufayli Bundesbank YMBTning eng nufuzli aʼzosi hisoblanadi. Bundesbank ham, Yevropa Markaziy banki ham (YMB) Germaniyaning Frankfurt shahrida joylashgan. Baʼzan Bundes bankni "Buba" deb ham atashadi,[2] uning odatiy qisqartmasi Germaniyada BBk va xalqaro miqyosda DBB hisoblanadi.
Bosh qarorgohi | Frankfurt, Hessen, Germaniya |
---|---|
Tashkil etilgan yili | 1957 |
Mulkchilik shakli | 100% Davlat mulki[1] |
Asosiy shaxslar |
Ioxim Nagel Prezident |
Markaziy banki |
Germaniya (1990–hozirgacha) Gʻarbiy Germaniya (1957—1990) |
Valyutasi | Nemis markasi (1957—2002) |
Oltin-valyuta zaxiralari | €219,86 milliard (2021)[1] |
Veb sayti | https://www.bundesbank.de/en |
Bundesbank 1957-yilda tashkil etilgan va 1948-yil 20-iyunda nemis markasini joriy etgan Nemis federal yerlari banki (nemischa: Bank Deutscher Länder) oʻrnini egalladi. 2002-yilda yevro jismonan joriy etilgunga qadar Bundesbank sobiq nemis markasini emissiya qiluvchi markaziy bank hisoblanardi [manba kerak].
Bundesbank toʻliq mustaqil faoliyat olib borishni boshlagan birinchi markaziy bank boʻlib, bu esa markaziy bankning ushbu shaklini Bundesbank modeli deb atashga olib keldi, masalan, bunga qarama-qarshi oʻlaroq Yangi Zelandiya modelida maqsad (yaʼni inflyatsion targetlash) hukumat tomonidan qoʻyilgan [manba kerak]. Hozirgi kunda YMB ham Bundesbank modelidan foydalanadi va bu tushunchani butun yevro tizimining asosiga aylantirgan.
Bundesbank 20-asrning ikkinchi yarmida inflyatsiyani nazorat qila olgani uchun katta hurmatga sazovor boʻlgan. Bu esa nemis markasini eng qadrli valyutalardan biriga aylantirdi va Bundesbank koʻplab Yevropa mamlakatlarida bilvosita sezilarli taʼsirga ega boʻldi.