From Wikipedia, the free encyclopedia
Natalie Portman (Neta-Lee Hershlag; ivritcha: נטע-לי הרשלג;[1][2] 1981-yil 9-iyunda tugʻilgan) AQSh va Isroil fuqaroligidagi aktrisa, film produser, ssenariynavis va rejissordir. U bir karra Akademiya (Oscar) mukofoti va ikki karra Oltin globus mukofoti sohibasi hisoblanadi.
Natalie Portman | |
---|---|
Portman 2019-yilgi San Diego Comic-Conda | |
Tavalludi |
Neta-Lee Hershlag 9-iyun 1981-yil |
Fuqaroligi |
AQSh Isroil |
Kasbi | |
Faoliyat yillari | 1994—hozirgacha |
Turmush oʻrtogʻi |
Benjamin Millepied (turm. 2012) |
Bolalari | 2 |
Mukofotlari | Toʻliq roʻyxat |
Natalie Portman aktrisa oʻlaroq ilk faoliyatini Luc Besson tomonidan suratga olingan Léon: The Professional (1994) nomli filmida yosh Matilda roli bilan boshlagan. Keyinchalik u Yulduzlar jangi trilogiyasiga mansub bir nechta filmlarda, jumladan, Yulduzlar jangi Epizod I: Sirli tahdid (1999), Yulduzlar jangi: Epizod II – Klonlar hujumi (2002) va Yulduzlar jangi: Epizod III – Sithlar qasosi (2005) filmlarida rol oʻynaydi. Keyin esa bir qator boshqa filmlarda, jumladan Evey Hammond rolini V for Vendetta (2006) filmida, Anne Boleyn rolini The Other Boleyn Girl (2008) filmida jonlantirgan. Portman 2011-yilda Ashton Kutcher bilan birgalikda romantik sahnalarga boy boʻlgan Hech qanday shartsiz nomli komedik filmida Emma Kurtzman rolini ijro etdi. Shundan soʻng esa Jane Foster rolini Marvel kinematografiya koinoti filmlari sirasiga mansub Thor (2011) va Thor: Zulmat dunyosi (2013), Jacqueline Kennedy rolini Jackie (2016) kabi filmlarda gavdalantirgandir.
Portmanning rejissorlik debyutiga Eve (2008) nomli qisqa hajmli film va A Tale of Love and Darkness (2015) nomli biografik dramasi kiradi. 2008-yilda u Cannes film festivalining eng yosh hakam aʼzosi lavozimiga tayinlangan. Portman, shuningdek, jonivorlar huquqlari himoyachisi hamdir. U 4-avgust 2012-yilda raqqos va xoreograf Benjamin Millepied bilan turmush qurgan va hozirda ikki farzandi bor.
Natalie Portman 1981-yil 9-iyunda Quddusda shifokor va aktrisa oilasida tugʻilgan.[3] Uning ota-onasi asli yahudiy boʻlishib,[4][5][6] Natalie tugʻilishidan oldin Moldovadan Isroilga kelgan. Onasi uy bekasi boʻlgan. Hozirda uning agenti sifatida ishlaydi.[7] Nataliening buva va buvisi Bernice (qizlik familiyasi Hurwitz) va Arthur Stevens.[8] Portman 3 yoshga toʻlganda u va uning oilasi Vashingtonga koʻchib kelgan.
Natalie Portman Vashingtondagi Charles E. Smith Jewish Day maktabiga tashrif buyuradi.[9] Keyinchalik Long Islandaʼdagi Jewish Elementary Schoolʼda ivrit tilida gapirishni oʻrganadi.[10] 1999-yilda Syosset High Schoolʼni bitirdi.[11][12][13]
New Yorkdagi American Theater Dance Workshopʼda balet va zamonaviy raqsni oʻrganadi va Usdan Centerʼda ijodiy va sahna sanʼati saboqlari bilan tanishadi.[14]
2003-yilda Harvard universitetining psixologiya fakultetini tamomlagan. U Harvarddagi talaba boʻlganida, universitetning talabalar gazetasi boʻlgan Harvard Crimsonʼga, Isroilning falastinliklarga nisbatan munosabati haqida maktub yuborgan.[15]
Natalie Portman ilk ishini 10-yoshda bolalar modeli sifatida boshlagan.[16] U ilk aktrisalik debutini 1993-yilda Luc Besson'ning Léon: The Professional nomli filmida yosh Mathilda roli bilan boshlagan. U ushbu filmda mashhur aktyor Jean Reno bilan birgalikda rol oʻynagan. Uning ilk roli juda omadli keldi. Léon: The Professional filmi 1994-yilda chiqarildi.[17]
Keyinchalik Natalie Portman 1990’larda Heat, Everyone Says I Love You, Mars Attacks!, Beautiful Girls[18] va The Diary of Anne Frank[19] filmlarida rol oʻynadi. U hattoki Yulduzlar jangi prikvel trilogiyasida bir nechta filmlarda rol oʻynagan. Jumladan, Yulduzlar jangi Epizod I: Sirli tahdid (1999), Yulduzlar jangi: Epizod II – Klonlar hujumi (2002) va Yulduzlar jangi: Epizod III – Sithlar qasosi (2005) filmlarda rol oʻynadi.
Portman 2001-yilda ishlangan Zoolander nomli komediya filmida kameo rolda koʻrinish beradi.[20] Bundan tashqari, 2003-yilda ishlangam Cold Mountain drama filmida ham rol oʻynaydi.
2004-yilda Portman Garden State va Closer filmlarida rol ijro etadi. Portmanʼga Closer filmidagi Alice roli uchun Akademiya Mukofotining Eng Yaxshi Aktrisa nominatsiyasi beriladi.[21][22] Keyin u Star Wars prikveli boʻlgan Yulduzlar jangi: Epizod III – Sithlar qasosi filmida rol oʻynaydi. Ushbu film premyerasi 19-may 2005’da boʻlib oʻtdi va shu yilning eng yuqori daromadli domestic filmi boʻldi.[23] Yana u 2005-yilda Free Zone[24], 2006-yilda Saturday Night Live[25] filmlarida rol oʻynadi.
Keyin esa Natalie Portman Evey Hammond rolini V for Vendetta (2006) filmida, Anne Boleyn rolini The Other Boleyn Girl (2008) filmida oʻynadi. Shuningdek, The Other Boleyn Girl filmida Scarlett Johansson rol oʻynagan. Portman yana The Simpsons'ning 18-faslida Bart Simpsonʼning yaqin qiz doʻsti Darcyʼga ovoz bergan.
Portman Darren Aronofsky'ning 2010-yilda ishlangan Black Swan[26] nomli filmida yosh balerina rolini oʻynaydi.
Ushbu filmdan soʻng shu yili Portmanga romantika komediya janridagi Hech qanday shartsiz filmiga taklif tushadi. Ushbu filmda ikki asosiy qahramon boʻlib, ular Emma Kurtzman va Adam Franklin. Emma rolini Natalie Portman, Adam rolini esa Ashton Kutcher oʻynashga rozi boʻlishadi. Ushbu film muxlislar tomonidan yaxshi kutib olinadi. Undan keyin David Gordon Green'ning Your Highness filmida rol oʻynaydi. Shu yili Marvel kinematografiya koinoti filmlariga mansub Kenneth Branagh'ning Thor filmi premyerasi boʻlib oʻtadi. Portman ushbu filmda Jane Foster rolini oʻynagan. U MKKʼning yuqoridagi filmdan tashqari, uning davomi boʻlgan Thor: Zulmat dunyosi filmida[27] va Avengers: Endgame filmida kameo rolda oʻynaydi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.