![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/6a/Natalia_Vodianova_Paris_Fashion_Week_Spring_Summer_2019_cropped.jpg/640px-Natalia_Vodianova_Paris_Fashion_Week_Spring_Summer_2019_cropped.jpg&w=640&q=50)
Natalia Vodianova
From Wikipedia, the free encyclopedia
Natalya Mixaylovna Vodianova (Russian 1982-yil 28-fevralda tugʻilgan), laqabi Supernova[1] rossiyalik model va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ezgu niyat elchisi.
Natalia Vodianova ruscha: Наталья Водянова | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
Natalia Mixaylovna Vodianova 28-fevral 1982-yil (1982-02-28) (42 yosh) |
Fuqaroligi |
![]() |
Turmush oʻrtogʻi | Antuan Arno |
Modellik | |
Boʻyi | 176 sm |
Vazni | 56 kg |
Soch rangi | oq |
Koʻz rangi | koʻk |
Agentlik |
DNA Model Management — New York Viva Model Management — Parij, London, Barselona Why Not Model Managment — New York |
Veb-sayti | https://www.instagram.com/natasupernova |
2012-yilda u 8,6 million dollar ishlab topgani uchun Forbes jurnalining eng koʻp daromad oladigan modellar roʻyxatida uchinchi oʻrinni egalladi.[2] Vodianova hozirda models.com saytida moda sanoatidagi yangi supermodellaridan biri sifatida qayd etilgan.[3]
Vodianova Ochiq yurak jamgʻarmasi asoschisi, tashkilot alohida kam taminlangan bolalar va ularning oilalariga yordam beruvchi xayriya tashkilotidir.[4]
2010-yilda Vodianova Harper’s Bazaar tomonidan „Yil ilhomlantiruvchisi“ sifatida taqdirlangan. 2014-yilda Glamour uni „Yil ayoli“ deb tan oldi va unga „Bolalar ovozi“ mukofotini topshirdi.[5]
Vodianova 5 nafar farzandning onasi. U, shuningdek, Maxsus Olimpiya xalqaro direktorlar kengashi aʼzosi. 2021-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA) uni reproduktiv salomatlik agentligining yaxshi niyat elchisi etib tayinladi.[6]
Sovet Ittifoqining Gorkiy shahrida (hozirgi Nijniy Novgorod, Rossiya) tugʻilgan Vodianova onasi va ikki oʻgay opasi bilan shaharning bir tumanida (Avtozavod, GAZ avtomobil zavodi) oʻsgan. Uning buvilaridan birining kelib chiqishi mordoviyalik (Erzya).[7]