![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b4/NASA_TV.svg/languz-640px-NASA_TV.svg.png&w=640&q=50)
NASA TV
From Wikipedia, the free encyclopedia
NASA TV (sobiq NASA Select) — AQSh Milliy Aeronavtika va Koinot boshqarmasining telekoʻrsatuv xizmati boʻlib, tashkilotning kosmik missiyalari va uchirishlarini sunʼiy yoʻldosh orqali va internet orqali yoritib borishni taʼminlab beradi. Kontentning provayderlari takrorlovchi orqali xizmat paketlariga translyatsiyalarni qo`shish huquqiga egadir, chunki barcha kontentlar jamoat mulki[1] hisoblanadi. NASA TV butun dunyo bo'ylab OTT orqali mavjuddir. Telekanal 1980-yillar boshida yaratilgan va NASA menejerlari va muhandislari tomonidan real ya`ni ayni vaqtda raketa uchirilishini tomosha qilish uchun foydalanilgan. Bu xizmat ko`rsatish videomateriallarni arxivlash va ommaviy axborot vositalariga taqdim etish bilan ham shug'ullanadi[2] .
NASA TV | |
---|---|
![]() NASA TV emblemasi | |
Mamlakat | Amerika Qoʻshma Shtatlari |
Til(lar)i | Ingliz tili |
Egasi | NASA |
Sayt | NASA TV |
Hozirgi kunda, aksariyat mahalliy va xalqaro boshqariladigan hamda robotlashtirilgan missiyalar (jumladan, XKSga ) NASA TV orqali translyatsiya qilinmoqda. 2005-yilda, STS-114 ishga tushirilgandan so`ngina, kanal analog eshittirishni to'xtatdi va uni raqamli[3] bilan almashtirdi.