![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/a9/U.S.-Canada_Fourth_Joint_Mission_To_Map_the_Continental_Shelf_in_the_Arctic_Ocean.jpg/640px-U.S.-Canada_Fourth_Joint_Mission_To_Map_the_Continental_Shelf_in_the_Arctic_Ocean.jpg&w=640&q=50)
Muzyorar
From Wikipedia, the free encyclopedia
Muzyorar – muzlab qoladigan suv havzalari (koʻllar, daryolar, okeanlar) da kemalar qatnovi uchun yoʻl (kanal) ochib beradigan eshkak vintli kema. U muzni tumshugʻi bilan oʻz ogʻirlik kuchi taʼsirida yorib va yoni bilan sindirib yoʻlni kengaytirib boradi. Muzyorarning tumshugʻi va quyrugʻi oʻtkir qirrali qilib, mustahkam poʻlat qoplab yasaladi. Tumshugʻi muz sirtiga chiqib turishi uchun 20— 35° qiya qilinadi. Eshkak vintlari bitta, baʼzida ikkita yoki uchta boʻladi. Muzyorar bosh turbinasi (dvigateli)ning quvvati – 55mVt ga yetadi. Birinchi kuchli Muzyorar – „Paylot“ 1864-yil Rossiyada qurilgan (dvigatelining quvvati 44,2 kVt). Key-inchalik SSSR, AQSH, Kanada, Finlandiya, Shvetsiya, Daniyada yirik Muzyorarlar yasalgan[1].
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/a9/U.S.-Canada_Fourth_Joint_Mission_To_Map_the_Continental_Shelf_in_the_Arctic_Ocean.jpg/640px-U.S.-Canada_Fourth_Joint_Mission_To_Map_the_Continental_Shelf_in_the_Arctic_Ocean.jpg)