Oʻzbek davlat arbobi From Wikipedia, the free encyclopedia
Ikromov Muzraf Muborakxojiyevich (oʻzbekcha: Икрамов Музраф Мубаракходжаевич 1973-yil 14-sentabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan) — oʻzbek huqushunosi, davlat arbobi. 2015—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri[1], 2017—2019-yillarda Oʻzbekiston Hisob palatasi raisi[2]. 2020-yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining oʻrinbosari.
Ikromov Muzrob Muborakxojiyevich | |
---|---|
Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Hisob palatasi raisi | |
Mansab davri 2017-yil – 2019-yilgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Olimxon Rustamov |
Vorisi | Saidlaziz Saidkarimov |
Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Аdliya vаziri | |
Mansab davri 2015-yil – 2017-yilgacha | |
Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Nigʻmatilla Yoʻldoshev |
Vorisi | Ruslanbek Davletov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
14-sentyabr 1973-yil Toshkent |
Mukofotlari |
1973-yil 14-sentyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti — oliy, mutaxassizligi huquqshunos. 1995-yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2007-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.
Mehnat faoliyatini 1995 yili Adliya vazirligi iqtisodiy islohot bo‘yicha qonunchilik va me'yoriy hujjatlar loyihalarini tayyorlash hamda huquqiy ekspertiza qilish boshqarmasi katta maslahatchisi vazifasidan boshlagan. Keyinchalik mazkur boshqarmaning bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
1997-2003-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi boʻlim boshligʻi, boshqarma boshligʻi, 2003-2008-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunchilik Bosh boshqarmasi boshligʻi adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan taʼminlash markazining rahbari, 2008-2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi boʻlim mudiri, 2012-2013-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmatining Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha shoʻba mudiri, 2013-2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining birinchi oʻrinbosari, 2015-2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri, 2017-2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi, 2019-2020-yillarda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi[3] lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-maydagi PQ-4727-son qarori bilan M. Ikramov Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining oʻrinbosari etib tayinlangan[4][5].
M. Ikramov 2007-yilda “Shuhrat” medali[6] hamda 2014-yilda “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yurist”[7] Faxriy unvoni bilan mukofotlangan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.