Musulmonlar faxri
From Wikipedia, the free encyclopedia
Muhammad paygʻambar (s.a.v.) nomidagi „Musulmonlar faxri“ masjidi (Shali masjidi) (ruscha: Мечеть «Гордость мусульман» имени пророка Мухаммеда; ruscha: Шалинская мечеть) — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Chechenistonning Shali shahri markazida qad koʻtargan masjid. Shali city majmuasi tarkibiga kiritilgan. Buxoro va Samarqand mumtoz meʼmorchiligi uslubida Oʻzbekistonlik meʼmor — Abduqahhor Turdiyev tomonidan loyihalashtirilgan. 2012—2019-yillar mobaynida Oʻzbekistonlik meʼmorlar tomonidan barpo etilgan. Binokorlik tashabbuschisi — Ramzan Qodirov. Masjidni tantanali ochilish marosimi Chechenistonning birinchi Prezidenti — Ahmad Qodirov tugʻilgan kuni sanasiga atab belgilangan. Shu kuni oʻzbekcha palov tayyorlanib, mahalliy aholi va mehmonlarga tortiq qilingan. Hozirgi kungacha Yevropaning eng katta masjidi hisoblanadi[1]. Masjid barpo etilishiga qancha mablagʻ sarflangani oshkor etilmagan[2]. Shali masjidining sigʻimi mahalliy aholi sonidan ikki karra koʻpdir.
Masjid | |
![]() | |
Masjidning umumiy koʻrinishi | |
Mamlakat | ![]() |
Hudud | Checheniston |
Shahar | Shali |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | davlat mulki |
Masjid turi | Jomeʼ-masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Loyiha muallifi | Abduqahhor Turdiyev |
Meʼmor | Abduqahhor Turdiyev |
Binokorlik tashabbuschisi | Ramzan Qodirov |
Homiylar | Checheniston Respublikasi |
Binokorlik | 2012—2019-yillar |
Maqomi | amaldagi |
Gumbaz balandligi | 43 m |
Minoralar soni | 4 |
Minoralar soni | 4 |
Minoralar balandligi | 63 |
Qurilish materiali | oq marmar |
Holati | Jomeʼ-masjid |
Tarovih | ![]() |
Saharlik va iftorlik | ![]() |
![]() |