Mustafa Kemal Atatürk
Mustafo Kamol Otaturk / From Wikipedia, the free encyclopedia
Mustafa Kemal Atatürk (asl ismi Mustafo) (turkcha: Mustafa Kemal Atatürk), Mustafo Kamol, Kamol Posho (1881, Saloniki – 1938.10.11, Istanbul) – Turkiya Respublikasi asoschisi va birinchi prezidenti (1923–38), harbiy sarkarda. Turkiyada familiya boʻyicha maxsus qonun qabul qilingach, Buyuk millat majlisi tomonidan unga Atatürk familiyasi berilgan (1934).
Mustafo Kamol Otaturk turkcha: Mustafa Kemal Atatürk | |
Turkiyaning 1-Prezidenti | |
Hukmronligining boshlanishi: | 29-oktabr 1923 |
---|---|
Hukmronligining tugashi: | 10-noyabr 1938 |
Partiya: | Jumhuriyat Xalq Partiyasi |
Oʻtmishdosh: | yoʻq (vakolat yaratildi) |
Voris: | İsmet İnönü |
Tugʻilgan sanasi: | 1881 |
Tugʻilgan joyi: | Saloniki, Usmonli imperiyasi |
Vafot sanasi: | 10-noyabr 1938 (57 yoshda) |
Vafot joyi: | Istanbul, Turkiya |
Turmush oʻrtogʻi: | Latifa Ushakligul (1923–25) |
Turli harbiy maktablar va Istanbul Bosh shtab akademiyasini (1905) tugatgan. Shom (Suriya), Falastin, Salonikida zobit sifatida harbiy xizmat oʻtagan (1905–09). Salonikida uning siyosiy faoliyati boshlangan. Dastlab, Yosh turklarnit „Ittihod va taraqqiy“ partiyasiga aʼzo boʻlgan (1908), keyinchalik ulardan asta-sekin uzoqlashgan. Italiya-Turkiya urushi (1911-12), 2-Bolqon urushi (1913), Birinchi jahon urushida qatnashgan. 1919-yil 19-mayda Istanbuldan Anatoliya (Onadoʻli)ga kelgan. Arzirum va Sivas kongresslari (1919-yil iyul–sentabr)ga rahbarlik qilib, turk xalqini ingliz va grek (keyinchalik arman) bosqinchilariga qarshi ozodlik urushiga chaqirgan. Sivas kongressida u Anatoliya va Rumeli Mudofaa huquq jamiyati (Vakillik komiteta) raisi qilib saylangan.
O. boshchiligida mamlakatda Kamolchilar inqilobi avj olgan. Istanbul inglizlar tomonidan ishgʻol qilin-gach (1920-yil 16-mart), barcha vatanpar-var kuchlar uning atrofida toʻplangan. Anqarada yangi parlament – Turkiya Buyuk millat majlisi (TBMM) cha-qirilib, unga Majlis va hukumat raisligiga saylangan (1920-yil 23-aprel). Ingliz va grek bosqinchilariga qar-shi kurashda turk armiyasining qoʻmondoni. Biroq, Istanbul hukumati O. va uning safdoshlarini osiy deb eʼlon qilgan va sirtdan oʻlim jazo-siga hukm etgan. Sakariyo daryosi boʻyida bosqinchilar ustidan qozonilgan gʻalaba (1921-yil 23-avgust – 13-sentabr)dan soʻng unga marshal unvoni va gʻoziy nasabi berilgan. 1922-yil oxirida turk armiyasi O. rahbarligida toʻliq gʻalabaga erishgan.
O. irodali siyosatchi, mohir qoʻmondon, kuchli notiq boʻlgan. O. tashabbusi bilan Usmonli turk sultonligi tugatildi (1922-yil 1-noyabr), Turkiya respublika deb eʼlon qilindi (1923-yil 29-oktabr), xalifalik bekor etildi (1924-yil 3-mart). Davlat boshqaruvi tubdan oʻzgartirilib, siyosat, iqtisodiyot, madaniyat va harbiy sohada chuqur islohotlar oʻtka-zilgan. Mamlakat taraqqiyotining us-tuvor yoʻnalishlarini belgilab beruvchi 6 ta tamoyilni ishlab chiqqan. Uning taʼlimoti Turkiyada otaturkchilik, Gʻarbda esa kamolizm deb baholangan. Turkiya Respublikasida islom dinining taʼsiri kamaytirilib, uni Gʻarb namunasidagi dunyoviy davlatga aylan-tirish jarayoni boshlangan.
O. turkiy xalqlar tarixi, siyosiy va harbiy mavzuga oid koʻplab nazariy asarlar muallifi. Toshkentdagi koʻchalardan biri O. nomiga qoʻyilgan.