From Wikipedia, the free encyclopedia
Muruntov — Navoiy viloyatidagi shahar (1976-yildan). Zarafshon shahar Kengashiga qarashli. Qizilqum choʻlining oʻrtasida, Tomditov va Boʻkantov togʻ tizmalari hududida joylashgan. Oʻrtacha 610 m. balandlikda. Iyulda yuqori temperatura 46°. Yanvarda eng sovuq temperatura —31°. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Yangi Zarafshon. Viloyat markazi (Navoiy shahri) dan 200 km uzoqlikda. Aholisi 4320 kishi (2002). Asosan, oʻzbeklar; shuningdek, qozoq, rus, ukrain, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar Muruntov oltin konining ochilishi munosabati bilan Muruntov geol. qidiruv partiyasi posyolkasi sifatida 1959-yilda vujudga kelgan. M.da 3 kichik korxona, umumiy taʼlim maktabi (900 oʻquvchi), musiqa maktabi, 2 kutubxona, muzey, sport saroyi, qishloq vrachlik punkti mavjud. Muruntov— Zarafshon yoʻnalishida avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. M. atrofida muhim foydali qazilmalardan nodir metallar, noruda qazilma boyliklardan fosforit, kvarsli qum va hokazo. aniqlangan.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.