From Wikipedia, the free encyclopedia
Murgʻob (turkmancha: Murgap) — Afgʻoniston va Turkmanistondagi daryo. Uzunligi 978 km, xavzasining maydoni 469 ming km². Afgʻoniston hududidagi Paropamiz togʻlaridan boshlanib, Bandi-Turkiston va Sa-fedkoʻh tizmalari oraligʻidagi tor vodiydan oqadi. Turkmaniston hududida vodiy kengayadi, bu yerda irrigatsiya tarmoqlari barpo etilgan. Daryo Qoraqum choʻliga chiqqandan soʻng quruq delta hosil qiladi. Mari shahridan yuqoriroqda Murgʻobni Qoraqum kanali kesib oʻtgan. Qor, yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi oʻrta oqimida 52 m³/sek. Martmay oylarida suvi koʻpa-yadi, qishda daryo toshadi. Suviningloyqaligi 4500 g/m3. Irmoqlari: ungda — Obiqaysar, chapda — Kashan, Kushka. Murgʻob suvi sugʻorishga sarflanadi. Murgʻob boʻyida Yoʻloʻtan, Mari, Bayramali shaharlari joylashgan.[1]
Murgʻob | |
---|---|
Mari shahridagi daryo | |
Tavsif | |
Uzunligi | 978 |
Maydoni | 469 000 km² |
Davlat | Afgʻoniston va Turkmaniston |
Murgʻob |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.