From Wikipedia, the free encyclopedia
Most (qatiq; kefir; nordon taʼmli sut) — bakteriyalar tomonidan fermentatsiya natijasida hosil boʻlgan sut mahsulotidir va uni ovqat bilan isteʼmol qilinsa yanada mazali boʻladi. Bu jarayonda sutdagi laktoza sut kislotasiga aylanadi.
Most — qadimiy Hindiston va Eron tarixida miloddan besh yuz yil avval tilga olingan. Bu hududlarda chorvachilik keng tarqalgani sababli sut mahsulotlari boshqa hududlarga qaraganda xilma-xil.
1919-yilda Ispaniyaning Barselona shahrida birinchi sanoat qatiq ishlab chiqarish fabrikasi qurildi va qatiq isteʼmoli kundan-kunga ortdi.
Qatiq laktoza deb ataladigan sut shakarining fermentatsiyasidan olinadi. Qatiqni tayyorlash uchun maxsus bakteriyalar laktozani sut kislotasiga aylantiradi va qatiqqa jelga oʻxshash tuzilish beradi. Sut kislotasi mavjudligi tufayli qatiq nordon taʼmga ega.
Qatiq tayyorlash uchun pasterizatsiyalangan sutga maxsus bakteriyalar qoʻshilishi kerak. Shuningdek, sut harorati va atrof-muhit sharoitlari juda muhimdir. Bu bakteriyalar sutdagi shakarni parchalaydi va sut kislotasini hosil qiladi. Bu kislota mavjudligi tufayli sut tarkibidagi oqsil qattiq massaga aylanadi.
Kerakli masalliqlar:
Sut — 1 litr (5 stakan);
Qatiq — 2 osh qoshiq. Uyda qatiq tayyorlash uchun sut va oz miqdorda qatiqdan foydalanishingiz mumkin. Eng oddiy koʻrsatmalardan biri — 1 litr kam yogʻli sutdan foydalanish.
Avvalo, sutni qaynatib olamiz va onda-sonda aralashtirib turamiz. Qatiqni qoʻshamiz. Soʻng idish ogʻziga likopcha qoʻyib ustiga qalin latta bilan yopib, soviguncha 4-5 soatga qoldirilishi kerak. Orada qopqoqni ochib tekshirib turing. Toʻliq sovigunicha kuting.
Sut fermentatsiyasi uchun harorat juda muhim, bir necha soat davomida sut harorati 43 daraja Selsiyda qolishi kerak. Qatiqni sanoat usulida tayyorlashda sutni bu haroratda doimiy saqlash mashinalar tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, idish va asboblarning tozaligiga ham katta eʼtibor berish kerak.
qazahayesonnati — yemazandarani
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.