From Wikipedia, the free encyclopedia
Montblanc – hashamatli tovarlar ishlab chiqaruvchisi va distribyutori. 1906-yilda Berlinda tashkil etilgan va hozirda Gamburg shahrida joylashgan. Kompaniya oʻzining hashamatli, premium sinfiga mansub ruchkalari bilan mashhur, shuningdek, sumkalar, turli-xil kichik charm buyumlar, atir va soatlar ishlab chiqarish bilan ham shugʻullanadi. 1993-yildan beri Montblanc Shveytsariyaning Richemont holdingi aʼzosi hisoblanadi[3].
Sobiq nomi |
|
---|---|
Turi | Shoʻba korxonasi |
Tarmogʻi | Hashamatli tovarlar |
Egasi | Richemont[1] |
Qachon asos solingan | 22-mart, 1906-yilBerlin, Germany |
Rahbariyat | Nicolas Baretzki (Bosh Ijrochi Direktor)[2] |
Mahsulot(lar)i |
|
Aylanma daromadi | €370.4 M (2017) |
Vebsayti | montblanc.com |
Gamburglik bankir Alfred Nehemias va Berlinlik muhandis Avgust Ebershteyn 1906-yilda oddiy ruchkalar ishlab chiqarishni boshlagan. Qisqa vaqt oʻtgach, Vilgelm Dziambor, Kristian Lozen va keyinchalik Klaus Yoxannes Voss biznesga egallik qilishni boshladi. Ularning birinchi modeli 1909-yilda ishlab chiqilgan boʻlib, Rouge et Noir deb nomlangan, 1910-yilda esa ruchka Montblanc nomini olgan va keyinchalik kompaniya ham shu nom bilan atala boshlangan. Bugungi kunda Montblanc brendi ruchkalardan tashqari, soatlar, zargarlik buyumlari, atirlar, charm buyumlar va koʻzoynaklar kabi boshqa mahsulotlar ham ishlab chiqaradi.
Kompaniya 1906-yilda Berlinda „Simplizissiumus-Füllhalter“ nomi bilan tashkil etilgan va 1907-yilda Gamburgga koʻchib oʻtgandan soʻng oʻz nomini „Simplo Filler Pen Co. MChJ“ ga oʻzgartirgan. Kompaniya 1934-yilda hozirgi nomini qabul qilgan[4].
Montblanc 1977-yilda Alfred Dunhill Ltd. tomonidan sotib olindi, shundan soʻng arzonroq narxdagi ruchkalar ishlab chiqarilishi toʻxtatildi va faqat premimum sinfiga mansub ruchkalar va boshqa hashamatli tovarlar keng miqyosda ishlab chiqarila boshlandi[5].
1993-yilda Montblanc Shveytsariyaning Richemont holdingiga aʼzo boʻldi[3]. Uning qardosh kompaniyalari qatoriga Cartier, Van Cleef & Arpels, Chloé va Baume et Mercier kabi hashamatli brendlar kiradi. Montblanc kompaniyasiga, Richemont holdingi orqali, janubiy afrikalik Rupert oilasi egalik qiladi.
Montblanc oʻzining hashamatli ruchkalari bilan mashhur, shuningdek, sumkalar, turli-xil kichik charm buyumlar va soatlar ishlab chiqaradi. Meisterstück – bu kompaniyaning premimum ruchkalar seriyasi.
2019-yil noyabr oyida Montblanc cheklangan nashrdagi kapsula kolleksiyasi uchun The Webster bilan hamkorlikni boshladi[6][7].
2022-yilda kompaniya BAPE va Maison Kitsuné bilan hamkorlik qilishni boshladi. 2022-yilda Bosh ijrochi direktor Nikolas Baretzki Vogue Business nashriga charm buyumlari kompaniyaning eng katta toifalaridan biriga aylanishiga, hatto ruchkalarni ham ortda qoldirishiga ishonishini aytdi[8].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.