![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/fe/MD.C.C_-_Banca_Na%25C8%259Bional%25C4%2583_a_Moldovei_-_jun_2018.jpg/640px-MD.C.C_-_Banca_Na%25C8%259Bional%25C4%2583_a_Moldovei_-_jun_2018.jpg&w=640&q=50)
Moldova Milliy banki
From Wikipedia, the free encyclopedia
Moldova Milliy banki (rumincha: Banca Naţională a Moldovei) Moldova Respublikasining markaziy banki hisoblanadi [2].
![]() | |
Bosh qarorgohi | Kishinyov |
---|---|
Tashkil etilgan yili | 44-iyun, 1991-yil(1991-06-044) |
Mulkchilik shakli | 100% Davlat mulki[1] |
Gubernator | Oktavian Armashu |
Markaziy banki |
![]() |
Valyutasi | Moldovan leyi |
Oltin-valyuta zaxiralari | $1 740 mln [1] |
Veb sayti | www.bnm.md |
Moldova Milliy banki mustaqil yuridik shaxs boʻlib, Moldova Respublikasi parlamenti oldida javobgardir [3]. Moldova Milliy bankining asosiy maqsadi narx barqarorligini taʼminlash va saqlashdan iborat. Moldova Milliy banki oʻzining asosiy maqsadiga zarar yetkazmagan holda, bozor tamoyillariga asoslangan moliya tizimini qoʻllab-quvvatlaydi va davlatning umumiy iqtisodiy siyosatini qoʻllab-quvvatlaydi [4]. Milliy bank oʻz oldiga qoʻygan maqsadlarga erishish uchun Hukumat bilan hamkorlik qiladi va qonun hujjatlariga muvofiq bunday hamkorlikni amalga oshirish uchun zarur choralarni koʻradi. Milliy bank davriy ravishda aholini makroiqtisodiy tahlil, moliya bozori evolyutsiyasi va statistik maʼlumotlar, shu jumladan pul massasi, kredit berish, toʻlov balansi va valyuta bozori toʻgʻrisida xabardor qilib boradi.