Moʻynoq
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanidagi shahar / From Wikipedia, the free encyclopedia
Moʻynoq – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanidagi shahar (1963-yil 27 iyuldan). Tuman markazi. Qoraqalpogʻistonning eng shim. shahri. Orol dengizining suvi chekinmasdan avval dengizning janubiy-gʻarbiy soqilida joylashgan edi. Nukus shahridan 180 km shimolida, yaqin temir yoʻl stansiyasi – Qoʻngʻirot (100 km). Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —7,4°, iyulniki 26,3°. Kuchli shamollar boʻlib turadi. Aholisi 13,6 ming kishi (2000). Oʻtmishda shahar sanoatida hunarmandchilik asosiy oʻrin tutgan. Konserva kombinati, paxta tozalash, non zavodlari, bosmaxona, madaniy va maishiy xizmat shoxobchalari, umumiy taʼlim maktablari, sanoat transport kasbhunar kolleji, biznes maktabi, kutubxona, klub, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion, choʻmilish xavzasi, kasalxona bor. Orol dengizining Moʻynoqdan uzoklashishi, murakkab ekologik holat shahar qurilishiga, sanoatning rivoji va madaniy hayotiga oʻz taʼsirini oʻtkazdi.[2]
Moʻynoq | |
---|---|
shahar | |
43°46′0″N 59°02′0″E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Respublika | Qoraqalpogʻiston |
tuman | Moʻynoq tumani |
Aholisi | 13 500[1] |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |