Miya yarim korteksi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Miya yarim korteksi yoki Bosh miya poʻstlogʻi (lotincha: cortex cerebri) - miyaning tuzilishi, qalinligi 1,3-4,5 mm bo'lgan kulrang modda qatlami[1], miya yarim sharlari periferiyasi (chetlari) bo'ylab joylashgan boʻlib, ularni qoplab turadi. Eng katta qalinlik precentral, postcentral girus va parasentral lobulalarning yuqori qismlarida joylashgandir[2]. Yuqori nerv- aqliy faoliyatni amalga oshirishda, miya yarim korteksida juda muhim rol o'ynaydi[3]. Insonning miya yarim korteksi - miya massasining 80%dan ortigʻini egallaydi. Inson korteksi butun yarim sharning hajmining 44%ni tashkil qiladi[4]. Voyaga yetgan odamda bir yarim sharning korteksining sirt maydoni 1200 sm² (asosan 1000 dan 1400 sm² gacha) boʻladi[5][6]. Yuzaki qismlar- 1/3 qismini, konvolyutsiyalar orasidagi chuqurlikda joylashganlar esa korteksning butun maydonining- 2/3 qismini tashkil qiladi[1]. Jo'yaklarning o'lchami va shakli sezilarli individual oʻzgarishlarga uchraydi - nafaqat turli odamlarning miyasi, balki bir xil odamning yarim sharlari ham jo'yak shaklida unchalik o'xshash emas[1]. Yarim sharlarning butun korteksi 4 turga bo'linadi: qadimgi (paleokorteks),eski (archikorteks), yangi (neokorteks), oraliq korteks (oraliq qadimgi va oraliq eski korteksdan iborat). Inson neokorteksining sirt maydoni 95,6% ni tashkil qiladi, archikorteks - 2,2%, paleokorteks - 0,6%, oraliq - 1,6% tashkil etadi[7].