Miss USA
From Wikipedia, the free encyclopedia
„Miss USA“— Amerika goʻzallik tanlovi hisoblanib, u 1952-yildan beri har yili „Miss Universe“ tanlovida Amerika Qoʻshma Shtatlaridan ishtirokchini tanlash uchun oʻtkazib kelinadi. „Miss Universe“ tashkiloti 2020-yilgacha „Miss USA“ va „MissTeen USA“ tanlovlarini 2008-yil uchun AQSh goʻzali hisoblangan Kristl Styuartga litsenziyalashini eʼlon qilgunga qadar har ikkala tanlovni hamda „Miss Teen USA“ tanloviga ham boshchilik qilgan.
Tanlov 1996-yildan 2015-yilgacha Donald Trampga tegishli boʻlib, avvalroq NBC telekanali orqali namoyish etilar edi. 2015-yil sentabr oyida WME / IMG tanlovni Trampdan sotib olgan[1]. 2020- yilda FYI tarmogʻi birinchi marta musobaqani translyatsiya qilgan.
Hozirgi „Miss USA“ Kentukkilik Elle Smit boʻlib, unga 2021-yil 29-noyabrda Oklaxoma shtatining Tulsa shahridagi River Spirit Casino Resortdagi „Paradise Cove“ teatrida toj tantanali ravishda taqdim etilgan.