![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/cb/New_Administrative_Capital.jpg/640px-New_Administrative_Capital.jpg&w=640&q=50)
Misrning yangi poytaxti
From Wikipedia, the free encyclopedia
Misrning yangi poytaxti – borasidagi katta proektni, 2015-yilning 13-mart kuni Misrning qurilish vaziri Mustafo Madbuli, Misrning iqtisodiy rivojlanishi boʻyicha konferensiyada eʼlon qildi[1].
Yangi shahar-poytaxt, Misrning hozirgi poytaxti Qohiraning shahrqiy qismida, ikkinchi okrug yoʻlining rivojlanmagan qismida barpo etilishi rejalashtirilgan. Yangi shahar Qohiradan farqli oʻlaroq Suvaysh kanaliga yaqinroq joylashgan boʻladi. Reja boʻyicha, hozircha nomsiz yangi shahar-poytaxt Misrning yirik maʼmuriy va iqtisodiy poytaxtiga aylanadi. Shuningdek, yangi shaharda barcha davlat organlarining bosh binolari, yirik kompaniya va korporatsiyalar ofislari joylashadi, Maydoni 700 km² boʻlishi rejalashtirilayotgan shaharda qariyb besh million kishi istiqomat qilishi koʻzda tutilgan[2].
Yangi shaharda, dunyodagi eng yirik park – AQSHning Kaliforniya shtatidagi „Disneylend“dan toʻrt baravar yirik park boʻlishi rejalashtirilgan. Qariyb 90 km² maydonda esa, „quyosh fermalari“, yaʼni quyosh nuridan elektrostansiyalarga energiya yetkazib beradigan majmua quriladi. Yangi shaharda yangi xalqaro aeroport qurilishi ham koʻzda tutilgan[3].