From Wikipedia, the free encyclopedia
Mishel Naim Avn (arabcha: ميشال نعيم عون; 1935-yil 18-fevralda tugʻilgan, Horat Hurayk, Bayrut, Livan) — Livan harbiy va siyosiy rahbari, Livan Qurolli kuchlari generali. 1988-yil 22-sentyabrdan 1990-yil 13-oktyabrgacha Livan Prezidenti va Bosh vaziri. 2016-yil 31-oktyabrgacha Livan Prezidenti.
Mishel Avn | |
---|---|
arabcha: ميشال عون | |
Livan prizidenti | |
Mansab davri 31-oktabr 2016-yildan | |
Hukumat boshligʻi |
Saʼd Haririy Hasson Diyob (2020 yildan) |
Oʻtmishdoshi | Tammom Salom (v.b.) |
Livan prizidenti vaqtincha bajaruvchisi | |
Mansab davri 22-sentabr 1988-yildan – 13-oktabr 1990-yilgacha | |
Oʻtmishdoshi | Amin Jumayyil |
Vorisi | Ilyos Haroviy |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
18-fevral 1935-yil Horat Hurayk, Togʻli Livan, Buyuk Livan |
Siyosiy partiyasi | Erkin vatanparvarlik harakati |
Turmush oʻrtogʻi | Nodiya ash-Shomiy |
Bolalari | qizlari: Klodin, Shantal va Mireyl |
Faoliyati | Andoza:Siyosatchi |
Mansubligi | Livan |
Qoʻshin turi | Livan Qurolli Kuchlari |
Xizmat yillari | 1958—1991 |
Unvoni | General |
Janglari | Livandagi fuqorolik urushi |
Eʼtiqodi moruniy boʻlgan, kambagʻal oilada tugʻilgan. Oʻrta maʼlumotni u katolik maktablarida olgan va shu bilan birga koʻplab musulmon bolalar bilan doʻst boʻlgan.
1958-yilda harbiy maktabni, 1959-yilda Fransiyaning Chalon-sur-Marne shahridagi harbiy maktabni tugatgan. 1966-yilda Fort-Seal shahridagi artilleriya maktabida (AQSh, Oklaxoma) va 1978-1980 Fransiyadagi Oliy harbiy maktabda oʻqigan. Oʻz ona tilidan tashqari, ingliz, fransuz, ispan va italyan tillarida ham soʻzlashadi.
U Bayrut va Fransiyadagi artilleriya maktablarini, soʻngra AQShda harbiy kurslarni tugatgan. Livan armiyasida artilleriya ofitseri sifatida xizmat qildi. 1961 yilda uning ikki hamkasbi - Suriyaparast partiyaning aʼzolarini harbiy razvedka tomonidan qoʻzgʻolon uyushtirganligi uchun hibsga olingach, u soʻroqlarni yuzaki ravishda toʻxtatishni talab qildi. Biroq, u boʻlinmani tark etganida, qiynoq davom etdi. Qaytib kelgach, Avn kontrrazvedkachi xodimlarining xatti-harakatlarini "qabul qilib boʻlmas natsizm" deb atadi.
70-yillarning oʻrtalarida Livanda boshlangan fuqarolar urushi davrida markaziy hukumatni doimiy ravishda qoʻllab-quvvatladi. 1976 yil yozida u Tall Zaʼtarni qamal qilishda qatnashdi. 1980-yillarning boshlarida Sharqiy va Gʻarbiy Bayrutni, xristianlar va musulmonlarni ajratib turuvchi "Yashil chiziq" da joylashgan "xavfsizlik brigadasi"ni boshqardi. Suriya harbiy kuchlari bilan qurolli toʻqnashuvlarda ishtirok etgan. 1982 yilda Isroil Livanga bostirib kirganda, u prezident saroyini himoya qildi va faqat prezident Ilyos Sarkisning buyrugʻi uni chekinishga majbur qildi.
1984 yildan - qurolli kuchlar qoʻmondoni, Livan tarixidagi eng yosh zobit boʻldi. U oʻz kuchini armiyaning kuchi va birligini saqlashga qaratdi. U printsipial ravishda 1984-1988 yillarda ommaviy axborot vositalariga (qurolli kuchlar jurnalidan tashqari) intervyu bermadi.
2016 yil 31 oktyabrda, saylovlar boshlanganidan 2,5 yil oʻtgach, 46-urinishdan soʻng Mishel Avn Livan Prezidenti lavozimiga saylandi. U oʻsha kuni Baabda saroyida qasamyod qildi va Livanning Fransiyadan mustaqillikka erishganidan keyingi tarixidagi 13-Prezidenti boʻldi.
Livanda 2019 yil oktyabr oyida ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi va 29 oktyabr kuni Bosh vazir Saʼd Xariri isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi. Uzoq muddatli siyosiy maslahatlashuvlardan soʻng, 2019 yil 19 dekabrda Prezident Avn Livanning yangi hukumatini tuzishni sobiq Taʼlim vaziri, Bayrutdagi Amerika universiteti professori Hasson Diyobga topshirdi.
Turmush oʻrtogʻi — Nodiya ash-Shomiy
Qizlari:
Avnning uchta nabirasi bor.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.