From Wikipedia, the free encyclopedia
Mirtadoshlar oilasi ikki pallali oʻsimliklar oilasi. Bu guruhning taniqli aʼzolariga myrtle, pōhutukawa, dafna rom daraxti, syzygium aromaticum, guava, akka (feyxoa), xushboʻy qalampir va evkalipt kiradi. Barglari doim yashil boʻlib, asosan qarama-qarshi joylashgan, oddiy, odatda butun (yaʼni, tishsiz). Gullari beshta gulbargdan iborat, biroq bir necha turkumlarda gulbarglari kam yoki umuman yoʻq.
Olimlarning farazlariga koʻra, mirtadoshlar oilasi 60-56 million yil oldin (Mya) paleosen davrida paydo boʻlgan. Polen fotoalbomlari qadimgi superkontinent Gondvanadan olingan[2][3].
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, mirtadoshlar 132 turkum 5950 ga yaqin turni oʻz ichiga oladi[4][5]. Oila dunyoning tropik va moʻtadil iqlimli mintaqalarida keng tarqalgan. Evkalipt, Korymbiya, Angophora, Leptospermum va Melaleuca kabi ko‘sakli mevalarga ega turkumlar Chili va Argentinada keng tarqalgan. Iste‘mol qilinadigan mevalari boʻlgan turlarning eng koʻpi Sharqiy Avstraliya va Maleziya (Avstralaziya hududi) va neotropikada o‘sadi. Eucalyptus regnans dunyodagi eng baland gullaydigan oʻsimlik hisoblanadi. Boshqa muhim avstraliyada o‘suvchi turkumlarga — Callistemon (shisha choʻtkalari), Syzygium va Melaleuca (qogʻoz poʻstlogʻi) kiradi. Osbornia turkumining turlarining vatani Avstraliya. Eugenia, Myrcia va Calyptranthes neotropik mintaqada uchrovchi yirik turkumlar qatoriga kiradi.
Tarixiy jihatdan, mirtadoshlar ikki kichik oilaga boʻlingan. Mirtadoshlar kenja oilasi (taxminan 75 turkum) mevalari isteʼmol qilinadi. Barglari qarama-qarshi joylashgan, shakli butun. Mirtadoshlar butun dunyoda subtropik va tropik mintaqalarda, shimoli-sharqiy Avstraliya va Maleziyada opsadi. Bundan farqli oʻlaroq, Leptospermoideae kichik oilasi (taxminan 80 turkum) quruq, ajraladigan mevalar (kopsaklar) va spiral yoki navbatma-navbat joylashgan barglarga ega. Leptospermoideae turlari asosan Avstraliyada uchraydi.
Mirtadoshlarning Leptospermoideae va Myrtoideae ga boʻlinishiga bir qancha mualliflar, jumladan Jonson va Briggs (1984) qarshi chiqdilar[6]. Shunday qilib, koʻplab olimlar hozirda Wilson va boshqalar tomonidan yaratilgan soʻnggi tahlildan foydalanmoqda(2001)[7].
Heteropyxis va Psiloxylon avlodlari oʻtmishda koʻplab mualliflar tomonidan Heteropyxidaceae va Psiloxylaceae kabi alohida oilalar sifatida ajratilgan[6][8]. Biroq, Wilson va boshqalar[7] ularni mirtadoshlar tarkibiga kiritgan. Hozirgi vaqtda olimlar bu ikki avlod mirtadoshlarning eng qadimgi paydo boʻlgan va saqlanib qolgan avlodlari ekanligiga ishonishadi.
Eng soʻnggi tasnif plastid DNKning filogenetik tahlilidan keyin 17 ta turkum va ikkita kichik oila, Myrtoideae va Psiloxyloideaeni rasman tan olindi[9].
Mirtadoshlar turkumiga har yili koʻplab yangi turlar tasvirlanadi.
Mirtadoshlar bilan koʻplab asalarilar tomonidan oziqlanadi, ayniqsa bu oʻsimlik oilasidan gulchanglarni yigʻadigan Melipona bicolor kabi turlari uchun asosiy ozuqa hisoblanadi. Tetragonula hockingsi va Tetragonula carbonaria kabi baʼzi avstraliyada tarqalgan turlar Corymbia torelliana urug‘ poʻstlogʻida qatron toʻplashi maʼlum, natijada urugʻlar asalarilarning oyoqchalariga yopishib qoladi[10].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.