From Wikipedia, the free encyclopedia
Mina (frans. mine) — I) portlovchi modda zaryadi. Boshqariladigan (sim, radio orqali portlatiladigan) va boshqarilmaydigan (bevosita taʼsir natijasida portlaydigan) turlari bor. Tuzilishi va vazifasiga koʻra, dengiz minalari, tankka qarshi mina, piyodaga qarshi mina, transportga qarshi mina, obʼyektlarni portlatuvchi mina, mina-tuzoq va maxsus (yer osti konlari, burgʻilash quduqlarida qoʻyiladigan) minaga boʻlinadi. Tankka qarshi (portlovchi moddasining ogʻirligi 5000–7000 gr) va piyodaga qarshi (portlovchi moddasining ogʻirligi 75—200 g) minalar bosim kuchi yoki tortish kuchi taʼsirida portlaydi. Transportga qarshi mina yoʻllarga qoʻyilib, ustidan transportlar yurib oʻtayotganda portlaydi. Obʼyektni portlatuvchi minalardan turli insho-otlarga shikayet yetkazishda foydalaniladi. Mina-tuzoq va maxsus mina kishida qiziqish uygʻotadigan har xil buyum, qurol-yarogʻ, oziq-ovqat va boshqalarlarga berkitib qoʻyiladi; 2) minomyotlardan otiladigan yupqa devorli snaryadlar. Oskolkali, fugas, fugas-oskolkali, tutun tarqatuvchi, yondiruvchi, yorituvchi hamda oʻquv-mashq xillarga boʻlinadi[1].
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.