2013-yildan 2023-yilgacha Chexiya prezidenti From Wikipedia, the free encyclopedia
Miloš Zeman (1944-yil 28-sentyabr) – 2013-yil 8-martdan 2023-yil 8-martgacha Chexiya Respublikasi Prezidenti[1].
Miloš Zeman | |
---|---|
Chexiya Prezidenti | |
Mansab davri 2013-yil 8-martdan – 2023-yil 8-martgacha | |
Hukumat boshligʻi |
Petr Nečas Jiří Rusnok Bohuslav Sobotka Andrej Babiš |
Oʻtmishdoshi | Václav Klaus |
Vorisi | Petr Pavel |
Chexiya Bosh vaziri | |
Mansab davri 1998-yil 22-iyuldan – 2002-yil 15-iyulgacha | |
Prezident | Václav Havel |
Oʻtmishdoshi | Josef Tošovský |
Vorisi | Vladimír Špidla |
Chexiya Parlamenti spikeri | |
Mansab davri 1996-yil 27-iyundan – 1998-yil 17-iyulgacha | |
Prezident | Václav Havel |
Oʻtmishdoshi | Milan Uhde |
Vorisi | Václav Klaus |
Chexiya sotsial-demokratlar partiyasi raisi | |
Mansab davri 1993-yil 28-fevraldan – 2001-yil 7-aprelgacha | |
Oʻtmishdoshi | Jiří Horák |
Vorisi | Vladimír Špidla |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
28-sentyabr 1944-yil Kolín, Bogemiya |
U umumiy saylovlar orqali saylangan Chexiya Respublikasining birinchi prezidenti edi[2]. 1993-yildan 2001-yilgacha Chexiya sotsial-demokratik partiyasini boshqargan[3]. Uning rahbarligida kuchsiz va tartibsiz partiya mamlakatdagi eng nufuzli siyosiy kuchlardan biriga aylandi[4].
2003-yilgi prezidentlik saylovlarida muvaffaqiyatsiz ishtirok etib, 7 yil davomida mamlakat siyosiy hayotidagi ishtirokini toʻxtatdi. 2010-yil mart oyida partiyaning raisi boʻldi[5]. 2010-yilgi parlament saylovlaridan soʻng, partiyasi parlamentga kirish uchun 5 foizlik toʻsiqdan oʻta olmaganidan keyin isteʼfoga chiqdi. 2013-yil yanvar oyida u prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozondi. Besh yil oʻtgach, u ikkinchi muddatga qayta saylandi[6].
1944-yil 28-sentyabrda pochta xodimi va oʻqituvchi oilasida tugʻilgan. Ota-onalar oʻgʻli tugʻilgandan koʻp oʻtmay ajrashishdi. Milos faqat onasi bilan katta boʻlgan[7].
U Kolin shahrida oʻqigan: dastlabki 9 yil boshlangʻich sinfda va 1959-yildan 1963-yilgacha oʻrta iqtisodiy maktablarda. Masaryk haqidagi insho tufayli Zemanga universitetda oʻqishni davom ettirish taqiqlangan. 1963-yildan 1967-yilgacha qurilishda ishlagan. 1965-yildan boshlab universitetda oʻqishga ruxsat oldi va Praga Oliy Iqtisodiyot maktabida iqtisodiy rejalashtirishni oʻrganishni boshladi. 1967 yildan kunduzgi taʼlimga oʻtdi. 1969-yilda „Futurologiya va kelajak“ nomli ishi bilan diplom himoya qildi. 1969-1970-yillarda Oliy Iqtisodiyot maktabida oʻqituvchi boʻlgan.
1968 yilda Chexoslovakiya Kommunistik partiyasiga qoʻshildi. 1970-yilda Varshava Shartnomasi qoʻshinlarining kiritilishi va „normallashtirish“ siyosatiga rozi boʻlmagani uchun undan chiqarib yuborildi.
1971-yildan 1984-yilgacha Noctua, Technosport va Sportpropag kompaniyalarida xodim boʻlgan. 1985-1989-yillarda ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullangan. 1990-1992-yillarda – Chexoslovakiya Fanlar akademiyasining Prognozlashtirish instituti xodimi. 1990-1992-yillarda – parlament deputati.
1993-yil 28-fevraldan 2001-yil 7-aprelgacha – Chexiya sotsial-demokratik partiyasi raisi. 1996-1998-yillarda – Chexiya parlamenti Deputatlar palatasi raisi. 1998-yil 17-iyuldan 2002-yil 15-iyulgacha – Chexiya hukumati raisi.
Senat va mintaqaviy saylovlar muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan soʻng oʻz xohishi bilan barcha rahbarlik lavozimlarini tark etdi. 2003-yilda Chexiya Respublikasi prezidentligiga nomzodini qoʻydi, ammo oʻz partiyasidagi kelishmovchiliklar tufayli Vatslav Klausga saylovda yutqazdi. Keyinchalik, 2007-yilda partiyaning yangi rahbariyati bilan ziddiyat tufayli sotsial-demokratik partiya safini tark etdi.
Ikki marta uylandi. Ikkinchi xotinidan Katerzina ismli qizi va birinchi xotinidan David ismli oʻgʻli bor. Zeman ateist[8]. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi[9].
2013-yil yanvar oyida boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarida, Chexiya Respublikasi tarixidagi birinchi toʻgʻridan-toʻgʻri prezidentlik saylovlarining birinchi turda 24,21 foiz ovoz olib, birinchi oʻrinni egalladi. U Karel Shvarsenberg bilan birga ikkinchi bosqichga chiqdi va 54,8% ovoz bilan gʻalaba qozondi[10].
2013-yil 8-martda Pragada Chexiya Prezidenti lavozimini egalladi.
2018-yilda boʻlib oʻtadigan Chexiya prezidentligiga nomzod qilib koʻrsatdi. Birinchi turda 38,56 foiz ovoz toʻplab, birinchi oʻrinni egalladi. 2018-yil 26-27-yanvar kunlari boʻlib oʻtgan ikkinchi turda Milosh Zeman Chexiya Respublikasi Prezidenti etib qayta saylandi. Saylovchilarning 51,36% ovozini oldi. 2018-yilning 8-martida prezident lavozimiga kirishgan.
Zeman Rossiya fuqarolari uchun kirish vizalarini bekor qilish tarafdori, shuningdek, Ukrainaning NATOga kirishiga qarshi[11].
Kuzatuvchilar, shuningdek, Zeman 2015-yilda Moskvada boʻlib oʻtadigan Gʻalaba paradiga taklifni qabul qilgan kam sonli Yevropa yetakchilaridan biri boʻlgan[12]. Zemanning aniqlik kiritishicha, „tashrifidan maqsad millionlab halok boʻlgan sovet xalqining xotirasiga hurmat bajo keltiriishdir“[13].
U Rossiya Federatsiyasining Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishi tarafdori edi[14].
2022-yil 24-fevralda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi fonida Zeman „Ukrainani, uning rahbariyatini va xalqini toʻliq qoʻllab-quvvatlashini“ bildirdi[15][16]. Keyinchalik Ukraina hududlarining anneksiya qilinishini oʻgʻirlik deb qoraladi va Putin bilan doʻstlikni siyosiy faoliyatidagi asosiy xato deb atadi[17][18].
Zeman alkogol va tamaki mahsulotlariga qaramligi bilan mashhur boʻlib, bu uning sogʻligʻida juda jiddiy muammolarni, xususan, yurish qiyinligini keltirib chiqardi[19]. 2015-yilda unga qandli diabet tashxisi qoʻyilganidan soʻng, prezident oʻz odatlariga kichik oʻzgarishlar kiritishga rozi boʻldi[20]. Prezident Zemanning omma oldida mast holda koʻrinish bergan holatlar bor[21]. Uning saylovoldi kampaniyasi „Becherovka“ (mashhur chex spirtli ichimlik) savdo belgisi ekanligini hazil tariqasida qabul qilishadi[22].
2021-yil yanvar oyi oʻrtalarida tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun muntazam kasalxonaga yotqizilgan va COVID-19ga qarshi emlangan[23]. 2021-yil aprel oyida Zeman neyropatiyaning kuchayishi tufayli nogironlar aravachasidan foydalanishini maʼlum qildi[24]. 2021-yil 14-sentabrdan 22-sentabrgacha Markaziy harbiy gospitalga yotqizilgan. Prezident devonining press-reliziga koʻra, u suvsizlangan va toʻyib ovqatlanmagan[25]. 10-oktyabr kuni Zeman Markaziy harbiy gospitalning reanimatsiya boʻlimiga olib ketildi. Uning davolovchi shifokori Miroslav Zavoral tashxisni ommaga oshkor qilmadi[26]. 18-oktyabr kuni kechqurun Chexiya Senati prezident hozirda sogʻligʻi tufayli oʻz vazifalarini bajara olmagani haqidagi fikrini keltirdi[27][28][29]. 25-noyabr kuni tushdan keyin Milosh Zeman Markaziy harbiy gospitaldan chiqarildi, biroq oʻsha kuni kechqurun u COVID-19 testi ijobiy boʻlgani uchun qayta kasalxonaga yotqizildi[30]. 27-noyabr kuni kasalxonadan chiqarildi va oʻz qarorgohiga ikki hafta karantinda boʻldi[31].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.