Midnight Memories – ingliz-irland guruhi One Directionning uchinchi studiya albomi boʻlib, 2013-yil 25-noyabrda Columbia Records, Syco Music va Sony Music bilan hamkorlikda chiqarilgan[1]. Albom Amazon tarixida eng tez sotilgan albomga aylandi va Take Me Home (2012) albomi orqali oʻrnatgan oʻzlarining rekordini yangiladi[2]. U chiqarilishi bilanoq AQSh Billboard 200da birinchi oʻrinni egalladi va bu orqali One Direction dastlabki uchta albomining barchasi chartda birinchi oʻrinni egallagan dastlabki guruhga aylandi[3]. Yil yakunidan besh hafta oldin chiqarilgan boʻlishiga qaramay, Midnight Memories 2013-yil toʻrt million nusxa sotilgan holda IFPI tomonidan eng koʻp sotilgan albom deb topildi[4][5]. Albom toʻrtta singlni oʻz ichiga oladi. Bular „Best Song Ever“, „Story of My Life“, „Midnight Memories“ va „You & I“.

Qisqa faktlar One Direction albomi, Chiqarilgan sanasi ...
Midnight Memories
One Direction albomi
Chiqarilgan sanasi 25-noyabr, 2013-yil(2013-11-25)
Yozib olingan sanasi Dekabr 2012-yil – Sentyabr 2013-yil
Janr
Davomiyligi 47:41
Leybl
  • Columbia
  • Syco
Prodyuser(lar)
  • Julian Bunetta
  • Carl Falk
  • Tom Fletcher
  • Teddy Geiger
  • Danny Jones
  • Jacknife Lee
  • Dougie Poynter
  • Robert John „Mutt“ Lange
  • Matt Rad
  • John Ryan
  • Jamie Scott
  • Toby Smith
  • Ryan Tedder
One Direction xronologiyasi
Take Me Home
(2012)
Midnight Memories
(2013)
Four
(2014)
Yopish

Albom chiqarilganidan soʻng musiqiy tanqidchilar tomonidan turli xil fikrlar bildirildi. Baʼzilari uning matni haqida ijobiy fikrlar aytgan boʻlsa, qolganlari ushbu albom avvalgilari kabi esda qolarli chiqmaganini aytishgan[6]. Albomni taqdim qilish uchun One Direction 2014-yilda oʻzlarining Where We Are turini oʻtkazishgan. Bu ularning jahon miqyosidagi uchinchi, stadionda oʻtkazgan birinchi turi boʻldi.

Yaratilish tarixi

One Direction oʻzlarining ikkinchi turi Take Me Home Tour davomida albom ustida ishlashni boshlashadi. Albom guruhning uchinchi turi Where We Are Tour haqidagi yangilik bilan bir vaqtda eʼlon qilindi. Buning oqibatida esa muxlislar orasida albom nomi „Where we are“ deb nomlanishini haqida gaplar paydo boʻladi[7]. Albomning rasmiy nomi 6-sentyabrda eʼlon qilindi, avval Zayn Malik Harry Styles „Mid“ soʻzini alifbe kartalaridan yigʻayotganini tvit qilib qoldiradi, keyinchalik guruhning Instagram akkauntida joylashtirilgan video orqali toʻliq nomi maʼlum boʻladi[8][9].

Singllar

Thumb
One Direction Light stadionida Where We Are Tour davomida

„Best Song Ever“ 2013-yil 22-iyul kuni albomning dastlabki rasmiy singli sifatida chiqarildi. Bu qoʻshiq UK Singles Chartda ikkinchi oʻrinni egalladi. Uning musiqiy videosi videosi YouTubega joylangandan 24 soat ichida 12,3 million marta koʻrilib bu borada Vevo rekordini yangiladi[10].

„Story of My Life“ 2013-yil 28-oktyabr kuni albomning ikkinchi singli sifatida chiqarildi[11]. Bu qoʻshiq 2013-yil 25-oktabr kuni 16:00da butun dunyo boʻylab radio stansiyalarida namoyish etilgan va darhol UK Singles chartda toʻrtinchi oʻrinni egallagan boʻlsa, shanbagacha davom etadigan haftalik chartda birinchi oʻringa koʻtarilib olgan[12]. Musiqiy videosi 2013-yil 3-noyabrda namoyish qilinadi.

„Midnight Memories“ esa 24-yanvar kuni albomning uchinchi singli sifatida eʼlon qilinadi[13][14].

„You & I“ esa 15-aprelda AQSh radiosida albomning toʻrtinchi va oxirgi singli sifatida taqdim etildi[15][16].

Tijoriy natijalar

Albom chiqarilishi bilan Irish Albums Chartda birinchi va Dutch Albums Chartda ikkinchi oʻrinni egalladi. 2013-yilning 29-noyabrida Buyuk Britaniyada eng tez sotilgan albom boʻlib, toʻrt kun ichida 187 660 nusxada sotilganligi eʼlon qilindi[17]. 1-dekabrda albom Buyuk Britaniyada birinchi haftaning oʻzida 237 mingdan ortiq sotilganligi maʼlum boʻldi[18]. Albom 2013-yilda 685,000 nusxada sotilgan holda Buyuk Britaniyada eng koʻp sotilgan albomga aylandi[19].

AQShda Midnight Memories birinchi haftadayoq 546 ming nusxa sotilgan holda Billboard 200da birinchi oʻrinni egalladi[20]. Albom AQShda besh hafta ichida 1,096,000 nusxa sotildi va 2013-yilda bu koʻrsatkich boʻyicha AQShda 12-oʻrinni egalladi[21]. 2015-yil avgust oyidaga maʼlumotga koʻra albom AQShda 1,51 milliondan ortiq nusxada sotilgan[22].

Midnight Memories ARIA Albums Chartda birinchi va New Zealand Albums Chartda ikkinchi oʻrinni egallagan holda birinchi haftaning oʻzida mos ravishda platina va oltin sertifikatlarni qoʻlga kiritdi. Albom uch kun ichida Meksikada 60 ming nusxadan ortiq sotilgan va platina sertifikatni olgan[23].

Yil oxiriga yaqin chiqarilgan boʻlishiga qaramasdan Midnight Memories IFPI talqiniga koʻra 5 hafta ichda toʻrt million nusxada sotilgan holda 2013-yilda eng koʻp sotilgan albomi boʻldi[24].

Treklist

Qoʻshiqlarning roʻyxati 2013-yilning 11-oktyabr kuni guruhning tvitter akkauntida eʼlon qilinadi[25].

Batafsil maʼlumot №, Nomi ...
NomiMuallif(lar)Producer(s)Davomiyligi
1.„Best Song Ever“
  • Wayne Hector
  • John Ryan
  • Ed Drewett
  • Julian Bunetta
  • Bunetta
  • Ryan
  • Matt Rad
3:20
2.„Story of My Life“
  • Bunetta
  • Jamie Scott
  • Ryan
  • Louis Tomlinson
  • Liam Payne
  • Niall Horan
  • Harry Styles
  • Zayn Malik
  • Bunetta
  • Ryan
4:05
3.„Diana“
  • Bunetta
  • Scott
  • Ryan
  • Tomlinson
  • Payne
  • Bunetta
  • Ryan
3:04
4.„Midnight Memories“
  • Bunetta
  • Scott
  • Ryan
  • Tomlinson
  • Payne
  • Lange
  • Bunetta
  • Ryan
2:56
5.„You & I“
  • Bunetta
  • Scott
  • Ryan
  • Bunetta
  • Ryan
3:57
6.„Donʼt Forget Where You Belong“
  • Tom Fletcher
  • Danny Jones
  • Dougie Poynter
  • Horan
  • Fletcher
  • Jones
  • Poynter
4:01
7.„Strong“
  • Bunetta
  • Scott
  • Ryan
  • Tomlinson
  • Bunetta
  • Ryan
3:04
8.„Happily“
  • Savan Kotecha
  • Carl Falk
  • Styles
  • Falk
  • Kristian Lundin[a]
2:55
9.„Right Now“
  • Ryan Tedder
  • Tomlinson
  • Payne
  • Styles
  • Tedder
  • Jake Gosling[b]
3:20
10.„Little Black Dress“
  • Bunetta
  • Ryan
  • Teddy Geiger
  • Tomlinson
  • Payne
  • Bunetta
  • Ryan
  • Geiger
2:37
11.„Through the Dark“
  • Scott
  • Toby Smith
  • Tomlinson
  • Payne
  • Scott
  • Smith
  • Ryan[c]
3:41
12.„Something Great“
  • Jacknife Lee
  • Gary Lightbody
  • Styles
Jacknife Lee3:56
13.„Little White Lies“
  • Hector
  • Ryan
  • Drewett
  • Bunetta
  • Tomlinson
  • Payne
  • Bunetta
  • Ryan
3:17
14.„Better Than Words“
  • Bunetta
  • Scott
  • Ryan
  • Tomlinson
  • Payne
  • Bunetta
  • Ryan
3:28
Jami davomiyligi:47:51
Yopish

Manbaa

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.