Mickey Mouse (teleserial)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Mickey Mouse Disney Television Animation studiyasi tomonidan ishlangan komedik janrdagi animatsion teleserialdir. Multserialda bosh qahramonlar — Mickey Mouse, Minnie Mouse, Donald Duck, Daisy Duck, Goofy va Plutoning zamonaviy dunyodagi sarguzashtlari hikoya qilinadi.
Mickey Mouse | |
---|---|
Janri | komediya |
Qaysi asarga asoslangan |
Mickey Mouse –Walt Disney Ub Iwerks |
Yaratuvchi(lar) | Paul Rudish |
Ovoz berganlar |
|
Bastakor(lar) | Christopher Willis[1] |
Mamlakat | AQSh |
Til | inglizcha |
Mavsumlar soni | 5 |
Qismlar soni | 94 (va 2 maxsus qism) |
Ishlab chiqarish | |
Ijrochi prodyuser(lar) | Paul Rudish |
Qism davomiyligi |
3–4 daqiqa (87 qism) 7 daqiqa (7 qism) 22 daqiqa (maxsus qismlar)[2] |
Studiya(lar) | Disney Television Animation |
Efirga uzatilishi | |
Telekanal | Disney Channel |
Translyatsiya davri | 28-iyun, 2013-yil(2013-06-28) — 20-iyul, 2019-yil(2019-07-20) |
Tarixi | |
Avvalgi qism | Have a Laugh! (2009—2012) |
Keyingi qism | The Wonderful World of Mickey Mouse (2020–hozirgacha) |
Uchinchi epizod — Croissant de Triomphe ilk bor 2013-yil 12-martda Disney.com saytida maxsus prevyu sifatida chiqdi. Serialning rasman premyerasi 2013-yil 28-iyun kuni Disney Channel telekanalida boʻlib oʻtdi. Birinchi mavsumda jami 18 qism, 2014-yil 11-aprelda premyerasi boʻlgan ikkinchi mavsumda esa 19 qism chiqarilgan. Uchinchi fasl premyerasi 2015-yil 17-iyulda boʻlib oʻtdi, 20 ta qism[3] efirga uzatildi. Toʻrtinchi mavsum premyerasi 2017-yil 9-iyun kuni boʻlib oʻtdi, 19 ta qism namoyish etildi. Beshinchi mavsum premyerasi 2018-yil 6-oktabrda boʻlib oʻtdi, 18 ta qism[4] efirga uzatildi.