From Wikipedia, the free encyclopedia
Mixael Gregoritsch (1994-yil 18-aprelda tugʻilgan) — avstriyalik professional futbolchi, Bundesliga klubi SC Freiburg va Avstriya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi[2][3].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Michael Gregoritsch | ||
Tavallud sanasi | 18-aprel 1994-yil[1] | ||
Tavallud joyi | Graz, Styria, Avstriya | ||
Boʻyi | 1.93 m | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | SC Freiburg | ||
Raqami | 38 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2001—2008 | Grazer AK | ||
2008—2010 | Kapfenberger SV | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2009—2011 | Kapfenberger SV II | 30 | (10) |
2010—2011 | Kapfenberger SV | 28 | (10) |
2011—2015 | 1899 Hoffenheim | 0 | (0) |
2011—2012 | → Kapfenberger SV II (ijara) | 7 | (1) |
2011—2012 | → Kapfenberger SV (ijara) | 16 | (1) |
2012—2013 | 1899 Hoffenheim II | 28 | (11) |
2013—2014 | → FC St. Pauli II (ijara) | 5 | (2) |
2013—2014 | → FC St. Pauli (ijara) | 15 | (1) |
2014—2015 | → VfL Bochum (ijara) | 25 | (7) |
2015 | VfL Bochum | 0 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2010 | Avstriya U16 | 1 | (0) |
2011 | Avstriya U17 | 3 | (1) |
2011—2016 | Avstriya U21 | 29 | (20) |
2016- | Avstriya | 39 | (7) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (17-avgust uchun) |
2008-yilda Gregoritsch oʻz faoliyatini Kapfenberger SV yoshlar jamoalarida boshladi va 2010-yil yanvar oyida Avstriya Bundesliga jamoasiga koʻtarildi[4]. U 2010-yilning 14-aprelida Avstriya -Venga qarshi oʻyinda 82-daqiqada zaxiradan maydonga tushib debyut qildi va tushganidan keyin uch daqiqa oʻtmay, birinchi ligadagi golini urdi[4]. Bu golni urganda u salkam 16 yosh edi va bu orqali Avstriya Bundesligasi tarixidagi eng yosh toʻpurar futbolchiga aylandi[5]. U 2009—2010-yilgi mavsumni toʻrtta oʻyinda 1 ta gol bilan yakunlagan.
Gregoritsch 2011-yil 28-iyunda nomaʼlum toʻlov evaziga 4 yillik shartnoma imzolab „1899 Hoffenheim“ klubiga oʻtadi. Lekin 2012-yil iyunigacha Kapfenberger SVga ijaraga berildi. Keyin u faqat „1899 Hoffenheim“ning ikkinchi jamoasida oʻynadi va u yerda 28 oʻyinda 11 ta gol urdi[6].
2013-yilda u „St. Pauli“ jamoasiga ijaraga beriladi va u yerda ham birinchi, ham ikkinchi jamoada oʻynaydi[7].
U VfL Bochumga 2014—2015-yilgi mavsumda ijara asosida qoʻshildi va u yerda 27 oʻyinda 7 ta gol urdi[8].
U 2015-2016 va 2016-2017 mavsumlarida Hamburger SVda oʻynaydi. U 2015—2016-yilgi mavsumda[9] 26 oʻyinda 6 ta gol va 2016—2017-yilgi mavsumda 32 oʻyinda 5 ta gol uradi[10].
Gregoritsch 2017—2018-yilgi mavsumda „Augsburg“ jamoasiga oʻtadi. U 2017—2018-yilgi mavsumni 33 ta oʻyinda 13 ta gol bilan yakunlaydi[11].
2019-yilning 23-dekabrida Gregoritsch „Schalke-04“ga mavsum oxirigacha ijaraga berildi[12]. 2020-yilning 17-yanvarida „Schalke“ safidagi debyut uchrashuvida u Myonxengladbaxning „Borussiya“siga qarshi oʻyinda 1 ta gol va golli uzatma muallifiga aylandi[13].
2022-yil 8-iyul kuni SC Freiburg 2022—2023-yilgi Bundesliga mavsumi oldidan Gregoritsch bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[14].
2021-yil iyunidan boshlab uning otasi Verner Gregoritsch Avstriyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi[15].
Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
Kapfenberger SV II | 2009-10 | Landesliga Steiermark | 17 | 5 | — | 17 | 5 | |
2010-11 | Landesliga Steiermark | 13 | 5 | — | 13 | 5 | ||
Kapfenberger SV II (ijara) | 2011-12 | Austrian Regionalliga Central | 7 | 1 | — | 7 | 1 | |
Jami | 37 | 11 | — | 37 | 11 | |||
Kapfenberger SV | 2009-10 | Austrian Bundesliga | 4 | 1 | 0 | 0 | 4 | 1 |
2010-11 | Austrian Bundesliga | 24 | 2 | 5 | 0 | 29 | 2 | |
Kapfenberger SV (ijara) | 2011-12 | Austrian Bundesliga | 16 | 1 | 0 | 0 | 16 | 1 |
Jami | 44 | 4 | 5 | 0 | 49 | 4 | ||
1899 Hoffenheim II | 2012-13 | Regionalliga Südwest | 28 | 11 | — | 28 | 11 | |
FC St. Pauli II (ijara) | 2013-14 | Regionalliga Nord | 5 | 1 | — | 5 | 1 | |
FC St. Pauli (ijara) | 2013-14 | 2. Bundesliga | 15 | 1 | 1 | 0 | 16 | 1 |
VfL Bochum (ijara) | 2014-15 | 2. Bundesliga | 25 | 7 | 2 | 0 | 27 | 7 |
Hamburger SV | 2015-16 | Bundesliga | 25 | 5 | 1 | 1 | 26 | 6 |
2016-17 | Bundesliga | 30 | 5 | 2 | 0 | 32 | 5 | |
Jami | 55 | 10 | 3 | 1 | 58 | 11 | ||
FC Augsburg | 2017-18 | Bundesliga | 32 | 13 | 1 | 0 | 33 | 13 |
2018-19 | Bundesliga | 32 | 6 | 4 | 2 | 36 | 8 | |
2019-20 | Bundesliga | 6 | 0 | 1 | 0 | 7 | 0 | |
2020-21 | Bundesliga | 24 | 1 | 2 | 0 | 26 | 1 | |
2021-22 | Bundesliga | 24 | 8 | 2 | 0 | 26 | 8 | |
Jami | 118 | 28 | 10 | 2 | 128 | 30 | ||
Schalke 04 (ijara) | 2019-20 | Bundesliga | 14 | 1 | 2 | 0 | 16 | 1 |
Faoliyatidagi jami | 335 | 73 | 22 | 3 | 357 | 76 |
Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|---|
Avstriya | 2016 | 1 | 0 |
2017 | 4 | 0 | |
2018 | 6 | 1 | |
2019 | 6 | 1 | |
2020 | 6 | 2 | |
2021 | 10 | 1 | |
2022 | 6 | 2 | |
Jami | 39 | 7 |
Yoʻq. | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2018-yil 27-mart | Stade Josy Barthel, Lyuksemburg shahri, Lyuksemburg | Lyuksemburg | 3-0 | 4-0 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
2 | 2019-yil 6-sentyabr | Stadion Vals-Siezenxaym, Vals-Siezenxaym, Avstriya | Latviya | 6-0 | 6-0 | UEFA Yevro-2020 saralashi |
3 | 2020-yil 4-sentyabr | Ullevaal Stadion, Oslo, Norvegiya | Norvegiya | 1-0 | 2-1 | 2020-2021 UEFA Millatlar ligasi B |
4 | 2020-yil 11-oktyabr | Windsor Park, Belfast, Shimoliy Irlandiya | Shimoliy Irlandiya | 1-0 | 1-0 | |
5 | 2021-yil 13-iyun | Arena Nationale, Buxarest, Ruminiya | Shimoliy Makedoniya | 2-1 | 3-1 | UEFA Yevro 2020 |
6 | 2022-yil 29-mart | Ernst-Happel-Stadion, Vena, Avstriya | Shotlandiya | 1-2 | 2-2 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
7 | 2022-yil 3-iyun | Gradski Vrt stadioni, Osiyek, Xorvatiya | Xorvatiya | 2-0 | 3-0 | 2022-23 UEFA Millatlar ligasi A |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.