![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/ba/Michael_Cohen_in_2019.png/640px-Michael_Cohen_in_2019.png&w=640&q=50)
Michael Cohen (advokat)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Michael Dean Cohen (1966-yil 25-avgustda tugʻilgan) — 2006-yildan 2018-yilgacha AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning advokati vazifasini bajargan amerikalik sobiq advokat[1][2]. Cohen Trump tashkilotining prezident oʻrinbosari va Trampning shaxsiy maslahatchisi boʻlgan[3][4]. U Trump Entertainmentda ishlagan va Eric Tramp Jamgʻarmasi nomli bolalar salomatligi uchun ochilgan xayriya tashkiloti aʼzosi edi[5]. Cohen 2017-yildan 2018-yilgacha Respublika Milliy qoʻmitasi moliya raisi oʻrinbosari vazifasida faoliyat yuritgan[6][7].
Michael Cohen | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
Michael Dean Cohen 25-avgust 1966-yil (1966-08-25) (57 yosh) Lawrence, New York, U. S. |
Fuqaroligi | AQSh |
Partiyasi |
|
Turmush oʻrtogʻi |
Laura Shusterman (turm. 1994) |
Bolalari | 2 |
2018-yil 12-dekabrda Cohen uch yilga federal qamoq jazosiga hukm qilindi va bir qancha qonunlarni buzganlikda ayblanib, 50 ming dollar jarima to‘lashga majbur bo‘ldi[8]. U 2019-yil 26-fevralda Nyu-York Oliy sudining apellyatsiya bo‘limi tomonidan Nyu-York shtatida advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etildi[9]. 2019-yil 6-may kuni u Otisvil, Nyu-York yaqinidagi federal qamoqxonaga jazo oʻtash uchun joʻnatildi[10][11][12].