Metropoliten loyihalash
From Wikipedia, the free encyclopedia
Metropoliten yoʻnalishlarini loyihalash — metropoliten yoʻnalishlarini loyihalash uchun asosiy materiallarga: metropoliten trassasi boʻyicha muhandis-geologik qidiruv natijalari haqida maʼlumotlar; shaharning qurilgan va loyihalanayotgan qurilish maydonlari, yerosti kommunikatsiyalari tushirilgan monografik rejasi va profili; shahar jamoat transportining boshqa turiari haqida maʼlumotlar hamda metropoliten yoʻnalish (liniya)lari trassalarining toʻgʻri tanlanishiga taʼsir koʻrsatadigan boshqa maʼlumotlar kiradi. Metropoliten trassasini loyihalashtirishning birinchi bosqichda shahar transportining kompleks rivojlanishini inobatga olgan holda metropoliten yoʻnalishining bosh sxemasi ishlab chiqiladi, bunda alohida yoʻnalishlar qurilishining navbati ham aniqlanadi. Odatda, bu ishlar shaharlar rivojlanishining bosh rejalarini ishlab chiqaruvchi loyihalash institutlari yoki ular ishtirokida metropolitenlarni loyihalashtirish boʻyicha ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan bajariladi. Oxirgi bosqichga metropoliten liniyalarining alohida navbatdagi quriishini qismlarga boʻlgan holda (detalli) loyihalashtirish boʻyicha yoʻllar kiradi. Trassaning alohida yoʻnalish (linya)larini loyihalashda metropoliten bekatlarining joyini toʻgʻri tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. Metropoliten bekatlariga kirish-chiqish joylarining. vestibyullar, eskalator tunellarining, shamollatish (ventilyasiya) kioskalar va h.k. iarning konstruktiv yechimlari ayniqsa katta ahamiyat kasb etadi. Metropoliten yoʻnalishlari va bekatlari, asosan, yer ostidagi sayoz va chuqur joylashgan tonellarga quriladi. Tigʻiz qurilish maydonlariga ega boʻlgan markaziy rayonlarda metropoliten trassalari, asosan, yer ostidan oʻtadi, lekin baʼzi hollarda yerosti trassalari estakadali yoki yerusti uchastkalari bilan almashinadi. Bunday holatlarni qurilish maydonlari chegarasidan chiqish joylarida kuzatish mumkin. Kam mablagʻ va xarajat sarflanadigan yerosti liniyalari shunday holatlarda yoki vaziyatlarda loyihalanadiki, agar yoʻnalish (liniya)ni oʻtkazish boʻyicha qulay polosani ajratish imkoniyati va bu polosa oʻqi hudud qurilish maydonlaridan kamida 60 metr uzoqlikda boʻlishi talab etiladi. Yerosti yoʻnalishlarining (estakadali tipi) katta shovqin chiqarishi tufayli ularni, yaʼni yerosti yoʻnalishlari kesishgan joylarning ustiga qisqa uchastkada va suv ariqlari, anhorlar ustiga quriladi. Yerosti liniyalarining yana bir kamchiligi shundaki, estakadaning tayanchlari anchagina fazoviy kenglikni toʻsib qoʻyadi. Yerosti liniyalarining sayoz joylashgan uchastkalari iqtisodiy jihatdan samaraliroq boʻlib, yoʻlovchilar uchun ham qulayroqdir, biroq ularning kamchiligi yerosti muhandislik tarmoqlari yotqizilgan zonadagi koʻcha magistrallari tagidan oʻtkazilishining zararligi hamda bino poydevorlari ustivorligining buzish xavfi borligidadir. Chuqur joylashtiriladigan yoʻnalishlarni shaharning koʻp qavatli tigʻiz qurilish maydonlariga ega boʻlgan hududlarining texnik-iqtisodiy jihatdan asoslanishiga muvofiq ravishda loyihalashtiriladi. Baʼzida ularning yoʻnalish (liniya)larini qurish uchun noqulay boʻlgan geologik va gidrogeologik sharoitlarni hisobga olgan holda sayoz joylashtirishga toʻgʻri keladi.[1]Metropoliten yoʻnalish (liniya)larining faqat oʻzaro va boshqa turdagi transport yoʻllarda loyihalashgan joylar, yaʼni uchastkalar har xil sathlarda loyihalashtiriladi. Bunda tashqi metropoliten yoʻnalish (liniya)lari har qanday hollarda piyodalar oʻtish yoʻllaridan toʻliq izolyasiyalangan boʻlishi lozim. Metropoliten tarmoqlarining mumkin boʻlgan prinsipial sxemalari uchta:
- ajratilgan yoʻnalishlar, oxiri tarmoqlangan uchastkalarga ega boʻlgan
- ajratilgan yoʻnalish (liniya)lar
- oʻzaro bogʻlangan yoʻnalishlar. Bizda faqat
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (2023-06) |
birinchi va ikkinchi tiplar qoʻllaniladi. Uchinchi sxemada poyezdlarning harakatini tashkil etish imkoniyati koʻzda tutilgan boʻlib, bu sxema yoʻlovchilar uchun qoshimcha qulayliklar yaratsada, lekin kam oʻtkazish qobiliyatiga va poyezdlar harakati xavfsizligining kamayishi bilan xarakterlanadi. Birinchi sxema harakat xavfsizligini taʼminlash nuqtai nazaridan yaxshiroq, lekin bu sxemada bir yoʻnalishdan boshqasiga oʻtish yoʻllarining tashkil etishi talab etiladi. Ikkinchi sxema yuqorida keltirilgan koʻrsatkichlarning oraliq oʻrinlarini egallaydi.