![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/03/Melinda_Gates%252C_speaking_at_the_London_Summit_on_Family_Planning_crop.jpg/640px-Melinda_Gates%252C_speaking_at_the_London_Summit_on_Family_Planning_crop.jpg&w=640&q=50)
Melinda Gates
From Wikipedia, the free encyclopedia
Melinda French Gates (tugʻilgan: Melinda Enn French; talaffuzi: Melinda French Geyts; 1964-yil 15-avgust) — amerikalik xayriyachi, sobiq kompyuter olimi va Microsoft kompaniyasining bosh menejeri. French Gates doimiy ravishda Forbes talqini boʻyicha dunyodagi eng kuchli ayollardan biri sifatida qayd etilgan[1].
Melinda French Gates (Melinda Enn French) | |
---|---|
![]() Melinda Gates London sammitida nutq soʻzlamoqda (2012-yil) | |
Tavalludi |
15-avgust 1964-yil (1964-08-15) (59 yosh) Dallas, Texas, Amerika Qoʻshma Shtatlari |
Fuqaroligi | Amerika Qoʻshma Shtatlari |
Millati | amerikalik |
Sohasi | menejment |
Ish joylari | Microsoft, Expedia, Dyuk Universiteti, Graham Holdings, Drugstore.com |
Institutlar | Dyuk Universiteti |
Mashhur ishlari | Bill va Melinda Gates fondi asoschisi, Pivotal Ventures hamraisi va asoschisi |
Mukofotlari | Prezidentning "Ozodlik" medali (2016), Fransiya faxriy legioni ordeni, "Aztek burguti" ordeni, Asturiya shaxzodasi mukofoti, Britaniya Imperiyasi ordeni, Padma Bhushan mukofoti, Otto Hahn tinchlik medali, UCSF medali |
Turmush oʻrtogʻi | Bill Gates (1994-2021) |
Dini | katolik |
Veb-sayt | Profil |
2000-yilda u oʻsha paytdagi turmush oʻrtogʻi Bill Gates bilan birgalikda 2015-yil holatiga koʻra, dunyodagi eng yirik xususiy xayriya tashkiloti boʻlgan Bill va Melinda Gates jamgʻarmasiga asos solgan[2] va u sobiq eri bilan birgalikda AQSh Prezidentining „Ozodlik“ medali va Fransiya faxriy legioni ordeni bilan taqdirlangan. 2021-yil may oyi boshida Bill va Melinda Gates ajrashayotganliklarini eʼlon qilishdi, ammo baribir ular jamgʻarmaning hamraislari boʻlib qolishadi[3].